Arturo Vidal "Barselona"ga o'tishi mumkin
02 avg 2018 13:08
Yangiliklar
Arturo Vidal "Barselona"ga o'tishi mumkin
"Bavariya"ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Xavbek "Inter"ga o'tishga yaqin edi, ammo davogarlar safiga Kataloniya klubi ham qo'shildi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchining o'g'li Alonsito YouTube tarmog'idagi videoblogida otasi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klublarni aytdi. Alonositoning malum qilishicha, Vidal "Inter" yoki "Barsa"ga o'tishi mumkin.
Kataloniya klubi Vidalni "Guanjou Evergrand"ga qaytgan Paulino o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. CHililik "Bavariya"da qolmaydi, chunki myunxenliklar yangi ustozi Niko Kovach unga ishonch bildirmayapti. Nemis klubi chililik transferidan 30 mln. evro ishlab olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar