Arteta Jezus yaqin orada qaytishini malum qildi
04 mar 2023 11:42
Yangiliklar
Arteta Jezus yaqin orada qaytishini malum qildi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Gabriel Jezus tez orada jamoaga qaytishi mumkinligini aytdi.
Jezus oxirgi marta "kanonirlar" safida noyabr oyida maydonga tushgan. Braziliyalik hujumchi Qatardagi Jahon chempionatida jarohat olgan edi.
"Uning qaytishiga ko'p vaqt qolmadi, aniq sanalarni aytmoqchi emasman, lekin u jamoa bilan muayyan ishlarni bajarmoqda. Jezusning maydonga qaytishiga juda uzoq qolmadi. U kundan kunga o'zini yaxshi his etyapti, shifokorlar ham uning ahvolini nazorat qilib turishibdi.
Uning tiklanishi juda oddiy kechdi. Yaxshiyamki, jarohat unchalik jiddiy emasdi, ammo bu operaciyani talab qilardi, bu – yoqimsiz", – dedi Arteta klub matbuot xizmatiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar