Arteta - APLda noyabr va dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi
13 jan 2023 17:30
Yangiliklar
Arteta - APLda noyabr va dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi
Arteta ushbu davrda "to'pchilar"ni liganing 4 ta o'yinida 4 ta g'alaba sari etakladi. Jamoa mehmonda "CHelsi", "Vulverxempton" va "Brayton"ni va o'z uyida "Vest Xem"dan ustun keldi. Ushbu g'alabalar "Arsenal"ga eng yaqin taqibchisidan 7 ochkoga oldinlab Premer liga bosh sovrini uchun asosiy davogar bo'lib qolishini taminladi.

Mikel Arteta joriy mavsumda ushbu sovrinni ikkinchi marta qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda esa uning bunday sovrinlari 4 taga etdi. 2019 yil dekabridan buyon "Arsenal" boshqaruvida bo'lgan mutaxassis 2021 yilning sentabr, 2022 yilning mart va avgust oylarida eng yaxshi murabbiy, deya etirof etilgan edi.
Artete ovoz berish natijalariga ko'ra, hamkasblari Tomas Frank, Eddi Xau va Yurgen Kloppni ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar