So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

"Arsenal"ga o'tishiga qarshilik qilgan Karpin va Kuperning futbolchilar bilan til topishishi - Eldor SHomurodov Yangiliklar

"Arsenal"ga o'tishiga qarshilik qilgan Karpin va Kuperning futbolchilar bilan til topishishi - Eldor SHomurodov

O'zbekiston terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgan "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov bilan MTJ va xususan Rossiyadagi faoliyati haqida qisqacha suhbatlashdik.

Dastavval terma jamoadagi mashg'ulotlar jarayoni va Ektor Kuperning uslubi haqida gap bordi.

- "KXDRga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Mashg'ulotlar qiziqarli va rang-barang o'tmoqda. Barcha murabbiyning o'zining taktik taraflama qarashi va uslubi mavjud. Masalan "Rostov"da ham asosan 5 himoyachi bilan, yani himoyaviy uslubda o'ynaymiz. Kuper ham asosiy urg'uni himoyaga qaratmoqda. Istalgan murabbiylar qandaydir jihatlari bilan bir-biridan ajralib turadi".


SHomurodov Kuperning ajralib turadigan jihati haqidagi savolga biroz o'ylanib shunday dedi:

- "Quvontirgan jihat shuki, Ektor Kuper juda tez fursatda futbolchilar bilan chiqishib ketdi".


So'ngra SHomurodovdan "Rostov"dagi faoliyati, xususan Karpinning qanday mutaxassis ekanligini so'radim.

- "Valeriy Karpin qanday murabbiy? Ajoyib mutaxassis. "Rostov" ayni paytda turnir jadvalining uchinchi pog'onasidan joy olgani ham fikrimni tasdiqlaydi. Karpin o'z vaqtida kuchli futbolchi bo'lgan. SHu boisdan ham futbolchilarni tushunadi va biz bilan juda iliq munosabatda. Taktik taraflama ham Karpinni bemalol kuchli mutaxassis deya olaman".


Eldor SHomurodov asosan zaxiradan maydonga tushayotganini kuchli raqobat tufayli yuzaga kelayotganini va jamoaga ko'nikib, moslashib ketish jarayonida muammo yo'qligini takidladi.

- "Rostov"da raqobat kuchli. SHu boisdan ham nisbatan kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapman. Jamoaga ko'nikib, moslashib ketdim. Bu jarayonda muammo bo'lmadi. Biroq hujum chizig'idagi kuchli raqobat tufayli asosan zaxirada maydonga tushyapman. Karpin men bilan muloqot qilish chog'ida menga ham albatta imkoniyat berishi haqida aytgan. Nolimayman, zaxiradan maydonga tushirib, imkoniyat ham berib turibdi. Men buyog'iga astoydil o'zimni ko'rsatish uchun yanada kuchliroq o'ynashga harakat qilaman".


Bizdagi malumotlarga ko'ra, yangi mavsum avvalida Eldor SHomurodov Rossiya jamoalariga, xususan Tulaning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin bo'lgan. Biroq ushbu transfer amalga oshmagan. Bu masalani SHomurodov quyidagicha izohladi:

- "Ijara? Ha, bu rost gap. Yangi mavsumning oxirgi yig'ini chog'ida klub bilan kelishgan holda ijaraga ketmoqchi edim. Islandiyalik hujumchi kelganidan so'ng ijaraga ketishni istagandim. Lekin Karpin bunga rozi bo'lmadi va meni qo'yib yubormadi. "Rostov"da qolishim malum bo'lgach Tulaning "Arsenal" klubidan taklif tushgandi. Lekin hali aytib o'tganimdek, bosh murabbiy Karpin ketishimni istamadi".


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика