So’nggi yangiliklar

13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  0 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  5 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  4 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19

"Arsenal"dan pul topishning o'ziga xos usuli: nega Ruanda London klubiga yiliga 10 mln funt to'laydi? Yangiliklar

"Arsenal"dan pul topishning o'ziga xos usuli: nega Ruanda London klubiga yiliga 10 mln funt to'laydi?

Teglar :  "Arsenal"
"Arsenal"da ajoyib ishlar ro'y bermoqda: klub faqatgina hamkorlik kelishuvi borligi sabab Ruandada tavallud topgan futbolchini sotib oldi.

Etibor berganmisiz yoki yo'q, eslatib o'tamiz: 2018 yildan buyon "Arsenal" futbolchilari engida "Visit Rwanda" yozuvi tushirilgan — ushbu "reklama" uchun afrikaliklar "kanonir"larga yiliga 10 million funt to'lashadi. Afrika davlatiga yana boshqa qiziqarli bonuslar ham vada qilingan: misol uchun jamoa futbolchilarining Ruandaga tashrifi va klub murabbiylarining ushbu mamlakatda tashkil etiladigan yozgi futbol oromgohlarida o'ziga xos master-klasslar bilan ishtirok etishi.

Lekin barchasi yanada chuqurlashib ketmoqda: shu kunlarda "Arsenal" Ruandada tavallud topgan 19-yoshli norvegiyalik futbolchi Jorj Lyuisni xarid qildi 

A sotib olsa, olibdida deyish mumkin, lekin 19 yoshga to'lgan "vunderkind" Transfermarkt malumotiga ishonadigan bo'lsak, katta futbolda bor yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazgan, ular ham oliy ligalarda emas, ikkinchi va uchinichi divizionlarda.

Qiziqarli faktlar davom etadi. O'zining  sobiq jamoasi — "Fram Larvik"da Lyuis umumiy hisobda 4 (!) daqiqa o'ynagan va bu Norvegiyaning uchinchi darajali ligasida. 

Boshqa bir jamoasi — "Tromsdalen" tarkibida 3 uchrashuv har bir o'yinda bir daqiqadan va bu ikkinchi ligada! Qaxramonimiz umirida 7 daqiqa futbol o'ynagan va etibor bering, Londonning "Arsenal"iga o'tdi.

"Arsenal"ga, bu erda Sesk Fabregas 18 yoshida "Real"ga qarshi uchrashuvda, Ispaniyada nimalar qilib tashlamagandi. "Arsenal"ga bu mavsum asosiy tarkibning eng yorqin futbolchilaridan biri 18 yoshli Bukayo Saka bo'lgan jamoaga keldi.

Aytishlaricha, Lyuis avvaliga U-23 jamoasida harakat qiladi. Biroq unda uni sotib olib nima qilishardi?

Vingerlar bilan Arteta jamoasida muammo yo'q — Lyuis esa aynan vinger. Bu borada tanlov shu qadarki, klub tarixidagi eng qimmat transfer Nikolya Pepe ham bir necha bor zaxira o'rindig'ida qolib ketdi.

Umuman olganda, bazi davlatlarda transfer orqali yashirin pul oldi-berdisini ham amalga oshirishlari haqida eshitganmiz. Evropada ham shuni zamonaviyroq usulini topishgan ko'rinadi. Siz bizga yaxshigina pul to'lab tursangiz, futbolkamizda yozuvingiz ham bo'ladi, futbolchi sifatida foydasi tegmasa ham birorta ruandalikni sotib olamiz.

Adashayotgan bo'lsak, xursand bo'lardik. Lekin bunday futbolchidan Sesk Fabregas chiqishi mushkul vazifa. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика