"Arsenal" Vlaxovichni safiga qo'shib olmoqchi
10 dek 2022 15:50
Yangiliklar
"Arsenal" Vlaxovichni safiga qo'shib olmoqchi
Turin klubi futbochisi uchun kurashda "to'pchilar" etakchilik qilmoqda. "Byankoneri" ham bunga qarshi emas. 22 yoshli futbolchi Serbiya terma jamoasi bilan Qatardagi mundialda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U uchinchi o'yinda gol urganiga qaramay, bahs SHveycariya foydasiga hal bo'ldi – 2:3. Uning jamoasi guruh bosqichini birgina ochko bilan eng so'nggi pog'onada yakunladi.
Vlaxovich "Yuve" tarkibida joriy mavsum barcha turnirlarda 15 o'yinda 7 ta gol va 2 ta assist qayd etganiga qaramay, bazi jarohatlar bilan kurashishiga to'g'ri keldi. Hozirda futbolchiga Evropaning eng kamida 4-5 klubi davogarlik qilmoqda. "Arsenal" o'tgan yanvarda Vlaxovichga u "Fiorentina"dan Turin klubiga o'tganida ham qiziqish bildirgan edi.
Braziliya termasi safida Gabriel Jezusning tizzasidan olgan jarohati tufayli kamida 3 oyga safdan chiqqani bu qiziqishning yanada jonlanishiga olib keldi. Bu kelishuv qishda amalga oshishi London klubi uchun nihoyatda katta yordam bo'lsa-da, serbiyalik hujumchi faqat yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Buning barchasi Italiya klubining moliyaviy holati yomon ekanligi bois amalga oshishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar