"Arsenal" Mudrik uchun "SHaxtyor"ga 70 mln evro taklif qildi. Klublar bonuslarni muhokama qilmoqda
13 jan 2023 14:05
Yangiliklar
"Arsenal" Mudrik uchun "SHaxtyor"ga 70 mln evro taklif qildi. Klublar bonuslarni muhokama qilmoqda
London klubidan uchinchi yurish.
"Arsenal" "SHaxtyor"ga vinger Mixail Mudrikning transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, londonliklar taxminan 70 million evro to'lashga, shuningdek, shartnomaga bonuslarni kiritishga tayyor.
Tomonlar bitimga qanday qo'shimcha to'lovlarni qo'shish mumkinligini muhokama qilishda davom etmoqda.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum Ukraina chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq "Arsenal" "CHelsi"ning Mudrikka bo'lgan qiziqishidan xavotirda emasligi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar