So’nggi yangiliklar

12:32"Тоттенхэм" "Барселона" футболчисини нишонга олди  0 12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  2 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?!  2 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  7 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  7 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  5 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  6 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5

Arsen Venger: “Breksit APLning kelajagiga tasir qiladi” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Arsen Venger: “Breksit APLning kelajagiga tasir qiladi” (to'liq intervyu)

“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi qarordan hayratda qolganini tan olib, bu holat Premer-liga kelajagiga qanday tasir qilishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tdi.


- Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi haqidaga qarorga qanday munosabat bildirdingiz?

- Bu meni bezovta qildi. Bu hayotga qanday tatbiq etilishini hech kim bilmaydi. Qaerga ketayotganimizni hech kim bilmaydi. Lekin buni britaniyaliklarning ko'pchiligi xohlagani yanada hayratlantirdi. Bu Londondek ajoyib yirik shaharda yashayotganingda yovvoyiroq ko'zga tashlanadi.

- Hozir ikkiga bo'lingan Angliya bor. Bir qismi qolishni, boshqasi chiqishni istaydi. Funtning qadrsizlanishi yanada bezovta qiladi. Bu ingliz klublarining transfer bozoridagi faolliga kelajakda putur etkazishi mumkin.

- Bu kutilgandi. Ko'plab moliyaviy tahlilchilar bilan suhbatlashdim va ular qaerga yo'l olishimizni bilishmaydi. Barqaror bo'lmagan holat asabiylashtiradi.

- Futbolga etibor qaratsak, maoshlar pasayib, raqobat ortishi ehtimoli oshadimi?

- Ha, aniq. Maoshlar tushadi va Germaniya bilan raqobat ortadi. Lekin bu ish bilan bog'liq tavakkaldan biri va bu meni kam bezovta qilyapti. Angliyada baribir moliyaviy holat yaxshiroq. Hamyonlarning semizligi o'rtasidagi farq bu yil yana paydo bo'ladi.

Lekin uzoq yillik kelajak borasida javoblar berilishi shart bo'lgan muhim savollar bor. Angliyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi Premer-ligaga tasir ko'rsatadimi? Liga kamroq tomoshabop bo'lsa, translyaciya uchun pullar qisqaradi, klublar daromadi kamayadi va bu APLga tasir qiladi. Eng katta xavf aynan shunga berkingan.

- Evro kursidan foydalangan holda ispan, nemis yoki francuz klublari APLdan futbolchilar sotib olishini tasavvur qila olasizmi?

- Katta klublarda yulduzlarni saqlab qolishga sabablar etarli. Hozir ligamiz eng tomoshabop, lekin bu holat tarqab ketishi mumkin. Klublarning qisqa muddatli rejalari bu davrda yashab qolish uchun kuchli, lekin Angliya kuchli Premer-ligani qurishning endigina yo'lida.

Kun kelib, “Real” va “Barselona” etakchilari Angliyada o'ynashni xohlashini aytishi haqida o'ylagandik. Biroq bu endi so'roq ostida. “Breksit” uzoq muddatli kelajakka tasir qiladi.

Pekinda o'tirgan odam Evropada nima bo'layotganini bilgan davrda o'zingni hech narsa tasir qilmaydigan qafasga tashlash foydasizdir. Hozir Angliya xorijiy investorlardan yiliga 24 milliard olmoqda va bu katta savdo deficitini qoplamoqda. Biz noaniq holatdamiz. Men gaplashgan siyosatchilar ham nima bo'lishini bilishmaydi.

- Lekin ko'pchilik britaniyaliklar Evropaga yo'q deyishdi.

- Menimcha, inglizlar Evropa Ittifoqida bo'lishni xohlashmaydi emas, ularga ittifoqning avvalgi holati kerak. CHiqib ketishga ovoz berganlarning ko'pchiligi tashvishga tushib qolgan. Ular aslida avvalgi ko'rinishdagi Evropani ko'rishni xohlashlarini aytmoqchi bo'lishgan.

Bu ko'plab davlatlarni ajratib qo'yadi. Endi global iqtisodning xavfsiz joyida bo'lmaymiz. Biz hal qila olmaydigan muammolar mavjud. Bu esa referundumda katta rol o'ynadi.

- Breksit” xalqaro boshqaruv organlari faoliyatiga tasir qilib, ularni yanada kuchsiz qilib qo'ymaydimi?

- FIFA va UEFAning obro'si futbolda birlik uchun muhimligiga ishonganman. FIFA atrofidagi janjallardan hayratda qoldim. Bu uning obro'sini kuchsizlantirdi. Bu futboldagi birdamlikka putur etkazadi.

- Mishel Platining futboldagi har qanday faoliyatdan 4 yilga chetlatilishi sababli UEFA etakchilik tarafdan katta yo'qotishga duch keldi.

- Afsuski, shunday. Buni imkon boricha tezroq to'xtatish kerak. Sportni qo'llab-quvvatlaydigan markazlashgan hokimiyatga ega bo'lish muhim. Bir kun masalaning moliyaviy tarafi haqida qayg'uradigan Superliga tashkil etilishi kerak emas. Hamisha asosiy rolda futbolni rivojlantirish turishi lozim. Ha, moliyaviy tomonga ham etibor qaratish darkor, lekin bu birinchi o'rinda bo'lmasligi kerak. UEFA va FIFA bunga kafolat edi. SHuning uchun FIFAda ro'y bergan voqealar – juda jiddiy.

- Angliyaga Evropa futboli kerakmi?

- SHubhasiz. Ajoyib misol bor: Angliyaga Evrokuboklardan 5 yilga chetlatilganda keyin unga boshqa mamlakatlar bilan tenglashib olishi qiyin kechgandi. Angliyaga Evropa zarur. SHuningdek, Evropaga Angliya ham.

Angliya ushbu sport turini kashf qilganini unutmang. Hozir barcha zarbani o'tkazib yuborgandan keyin bir oz qaltiragan holatda. Ingliz futbollari Islandiyaga yutqazganda shunday holatda bo'lmaganmikan deb o'ylayapman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика