Arne Slot: "Asosiy raqiblardan ochko olish kerak"
25 okt 2024 22:56
Yangiliklar
Arne Slot: "Asosiy raqiblardan ochko olish kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Arsenal"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonish shart ekanligini aytdi.
Mersisayd klubi APLning 9-turida yakshanba kuni Londonga safar uyushtiradi.
"Asosiy raqobatchilardan ochko olish kerakligini barcha tushunib turibdi.
Ushbu bosqichda asosiy raqobachilarni oldindan gapirish juda qiyin, lekin mavsum yakunida "Arsenal" asosiy raqibimiz bo'lishini bilib turibmiz. Ushbu jamoaga qarshi o'yindagi ochko ko'p narsalarni hal qiladi.
O'tgan mavsumda "Arsenal" va "Manchester Siti"ga qarshi 3 durang va bir mag'lubiyat qayd etilgan. Agarda "Liverpul" bu o'yinlarda g'alaba qozonganida, turnir jadvalidagi holat boshqacha bo'lgan bo'lardi.
"Arsenal" yoki "Siti" kabi raqiblarni safarda mag'lub qilish boshqalarga qaraganda qiyinroq. Biroq buni amalga oshirishga harakat qilamiz", - dedi Slot.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar