So’nggi yangiliklar

06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  4 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  6 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  64

Argentinalik hujumchi, O'zbekiston pasportini olgan brazil, Kuperga yordam bergan murabbiy. BAA terma jamoasida kimlar bor? Yangiliklar

Argentinalik hujumchi, O'zbekiston pasportini olgan brazil, Kuperga yordam bergan murabbiy. BAA terma jamoasida kimlar bor?

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

BAA terma jamoasiga iyul oyida kolumbiyalik Xorxe Luis Pinto bosh murabbiy etib tayinlangan edi. O'z paytida Gonduras va Kosta Rika terma jamoalari bilan jahon chempionatida ishtirok etgan ushbu murabbiy BAA terma jamoasini ham mundialga olib borishga vada bermoqda.

Unga O'zbekiston terma jamoasida Ektor Kuperga yordam bergan murabbiy Muhammad Fayoz yordam bermoqda.

Bosh murabbiy O'zbekiston bilan bahsga 29 nafar futbolchisini chaqirgan. Ular orasida uch nafar mahalliylashtirilgan futbolchilar ham bor. Bular Kayo Kanedo (Braziliya), Fabio de Lima (Braziliya) va Sebastyan Talyabue.

Fabio de Lima BAA chempionatining 2014/15 yilgi mavsumida O'zbekiston fuqarosi sifatida o'ynagandi. Ammo braziliyalik futbolchi qaerda, qachon va qay tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga ega bo'lgani sirligicha qolmoqda. Malumot uchun, 2014 yilning oktyabr oyida saytimiz orqali mazkur fuqarolik pasporti soxta bo'lib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Argentinada tug'ilgan Sebastyan Talyabue ham BAA fuqaroligini oldi va ilk bor terma jamoa safida maydonga tushishga yaqin.


O'zbekiston bilan o'yinga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:


Ali Xasif, Xolid Issa, Odil Al Husani, Muhammad Bargxash, Abdulaziz Haykal, Xalifa Al Hammadi, Muhammad Marzuq, Ismoil Ahmad, Volid Abbos, Faris Juma, Yussuf Jobir, Salim Rashid, Hamis Ismoil, Majid Surur, Tariq Ahmad, Muhammad Al Attas, Ahmad Barman, Fabio de Lima, Jassim Yoqub, Bandar Al Ahbabi, Xalfan Muborak, Xolid Bavazir, Tahnun Al Zaabi, Halil Al Hammadi, Kayo Kanedo, G'arib Abdulloh Suhail, Ali Mabhut, Ahmad Halil, Sebastyan Talyabue.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика