So’nggi yangiliklar

11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  3 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  9 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1

Argentinalik "Batigol" haqida nimlar bilasiz? Yangiliklar

Argentinalik "Batigol" haqida nimlar bilasiz?

Moziy yulduzlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Ilk qahramon sifatida argentinalik moxir charm to'p ustasi Gabriel Batistutani tanladik. Gabriel Batistutani yoshi katta futbol ishqibozlari juda yaxshi tanishadi.

Gabriel Batistuta haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1969 yil, 1 fevral.
Tug'ilgan joyi: Argentina, Santa-Fe.
Poziciyasi: hujumchi.
Bo'yi: 185 sm.
O'ynagan jamoalar: "Nyuells Old Boyz" (1987-1988), "Deportivo Italyano" (1989), "Nyuells Old Boyz" (1989), "River Pleyt" (1989-1990), "Boka Xuniors" (1990-1991), "Fiorentina" (1991-2000), "Roma" (2000-2003), "Inter" (2003), "Al Arabi" (2003-2005).
Argentina terma jamoasi safida: (1991-2002)


Ushbu hujumchi o'ziga xos o'yin uslubi va takrorlanmas zarba sohibi bo'lgan.
Batistuta o'z faoliyati davomida juda katta turnirlarda g'olib bo'lmagan, rekordlarni qalashtirib tashlamagan, futbolchining muzeyida sovrinlar juda ko'p emas. Bu borada qahramonimiz ancha kamtar desak mubolag'a bo'lmaydi.

Lekin uning o'yinda o'zgacha joziba, chiroy va did bo'lgan. Batistutaning darvoza tomon yaqinlashmasdan yo'llaydigan o'ta kuchli, yuqori drayvli zarbalari oldida har qanday kiperlar qaltirardi. Batigol istalgan raqibning darvozabonining ko'ziga olov bo'lib ko'rinardi.



Batigol o'zining gullagan davrini "Fiorentina" va "Roma"da o'tkazgan. Bu ikki italyan jamoalarining ham ayni kuchaygan payti aynan Batistutaning bu jamoalardagi o'yiniga to'g'ri keladi.

Batistuta "Fiorentina" jamoasining haqiqiy timsoli, afsonasiga aylangan. Batigol "Fiorentina" bilan Italiya kubogi va superkubogida zafar quchgan bo'lsada, Italiya chempionligini o'zining jonajon jamoasi safida qo'lga kirita olmaydi. Argentinalik super-zarba sohibi Rimning "Roma" jamoasiga o'tgach, rimliklar safida Totti bilan ajoyib tandim xosil qiladi va bu ikkovlon o'zlarining azaliy orzularidan biri Italiya chempionligini nishonlashadi.  

"Roma"dan so'ng Batigol bir muddat Milanning "Inter" jamoasi tarkibida ham to'p surishga ulguradi.
Batigolning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi bekat bu Qatarning "Al Arabi" jamoasi hisoblanadi.

Batistutani raqiblari "yovvoyi farishta" deb atashardi



Batigolning eng sara gollar o'nligi:



Gabriel Batistuta.

Erishgan yutuqlari:

"Fiorentina"
- Italiya Kubogi sohibi (1996)
- Italiya superkubogi sohibi (1996)

"Roma"
Italiya chempioni (2001)
Italiya suerkubogi sohibi (2001)

Argentina
Amerika kubogi sohibi (1991, 1993)



SHaxsiy yutuqlari:

- Janubiy Amerika chempionatining to'purari (1991 yil, 6ta gol)
- Italiya chempionati to'purari (1995)
- Argentinada yil futbolchisi (1998)
- Jahon chempionati kumush butsasi sohibi (1998)
- Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionatlarida eng ko'p gol urgan futbolchi (10ta)


Batigol klub miqiyosida 430 o'yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 245 marotaba yo'l topa olgan bo'lsa, Argentina terma jamoasi safida 78 o'yin o'tkazgan va 56ta gol urishni uddasidan chiqqan.

Bu esa futboldan yiroqlashgan hozirgi Batistuta  


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика