"Arda Gyuler "Real"dan "Yuventus"ga o'tmoqda"
22 okt 2024 11:45
Yangiliklar
"Arda Gyuler "Real"dan "Yuventus"ga o'tmoqda"
"Yuventus"ning ingliz tilida yuritiladigan akkaunti xakkerlar hujumiga uchradi.
Kuni-kecha Turin klubining rasmiy sahifasida Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler transferi bo'yicha post qoldirilgan. Bundan tashqari sahifada turk tilidagi yana bir nechta postlarni ko'rish mumkin edi. Etiborlisi, ulardan birida "Fenerbaxche" kelubi prezidenti Ali Kochning istefosi "elon qilingan". Bulardan taxmin qilish mumkinki, xakkerlar turk choyini ichib, ushbu xabarlarni joylashtirgan.
"Keksa sinora" boshqa bir akkaunti orqali sahifalardan biriga begonalar tomonidan hujum bo'lgani va u erdagi yolg'on malumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar