So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Aprel oyining eng yaxshisi darvozaboniga ovoz bering Yangiliklar

Aprel oyining eng yaxshisi darvozaboniga ovoz bering

PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng yaxshi darvozaboni bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlarni taqdim etdi. Ular 4 nafar:

O'tkir Yusupov — “Qo'qon-1912”
Eldor Suyunov — “Paxtakor”
Sanjar Quvvatov — “Nasaf”
Asilbek Omonov — Buxoro”


Mart oyi yakunlariga ko'ra “Bunyodkor” posboni Murod Zuxurov o'z raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq aprel oyida u davogarlar orasiga kira olmadi. Eldor Suyunov va O'tkir Yusupov esa bu gal yana bir karra harakat qilib ko'radi.

O'tkir Yusupov — 5 ta o'yinda -2 gol. 3 ta quruq o'yin va 16 ta seyv
“Qo'qon-1912” posboni ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshi darvozabon bo'lish uchun nomzodlar qatoriga kirdi. O'tkir Yusupov aprel oyida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor”ga uchrashuvlarda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

Eldor Suyunov — 5 ta o'yinda -2 gol. 3 ta quruq o'yin va 6 ta seyv
Xuddi Yusupov kabi ikkinchi bor oyning eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun “Paxtakor” azosi Eldor Suyunov ham kurashadi. Suyunov o'tgan oyda “Metallurg”, “Navbahor” va “Lokomotiv”ga qarshi bahslarda o'z darvozasiga qulf “osib qo'ydi”. Oy davomida o'tkazib yuborilgan 2 ta golidan 1 tasi penaltidan urilgani etiborga molik.

Sanjar Quvvatov — 5 ta o'yinda -3 gol. 3 ta quruq o'yin va 9 ta seyv

“Nasaf” darvozaboni Sanjar Quvvatov o'tgan oy o'z darvozasidan 3 ta gol o'tkazib yubordi. 3 ta uchrashuvda esa darvozasi dahlsizligini saqlab, jamoasiga ochko olib berdi. Oy so'ngida “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin natijasigina “Nasaf” uchun qimmatli bo'ldi.

Asilbek Omonov — 5 ta o'yinda -4 gol. 3 ta quruq o'yin va 9 ta seyv
“Buxoro”ning muvaffaqiyatli o'yinlarida darvozabon Asilbek Omonovning xizmatlari katta. Posbon aprel oyida 9 ta seyv qildi. U 5 ta uchrashuvda 4 marta darvozasidan to'p olib chiqqan bo'lsa-da, yana 3 ta o'yinda umuman gol o'tkazmagan.

Eslatma. Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. Championat.asia nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko'ra eng yaxshilarga 1—3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o'rniga qarab 2—6 ochkoga o'tadi.





Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar elon qilindi

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика