So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  11 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

APLning 5 qahramoni Yangiliklar

APLning 5 qahramoni

Saloh va boshqa yana bir necha futbolchilar bu mavsumda jamoasining etakchisi ekanligini isbotlay olishdi.

13 may kunida APLning navbatdagi mavsumi yakunlandi. Nomlarga qaraydigan bo'lsak, so'nggi turda markaziy bahs yo'q edi, biroq deyarli barcha o'yinlarda intriga saqlanib qolgandi.

Xo'sh, yakunlangan mavsumda qaysi futbolchilar jamoalarining qutqaruvchilari bo'lishdi?

5. KRISTIAN ERIKSEN

Daniyalik yarim himoyachi Andres Inestaga o'xshatilmoqda. Ideal darajadagi yarim himoyachi hujumga ham, himoyaga ham yordam beradi. Xarri Keyn o'zining dahshatli mavsumini o'tkazgan bir vaqtda Kristian Eriksen undan-da yorqinroq ko'rindi.

Jamoa boshi berk ko'chaga kirib qolganda, og'ir vaqtlarda u barcha masuliyatni o'z bo'yniga ola bildi. U derbida Villi Kabalero darvozasiga o'zining eng chiroyli va asosiy golini kiritdi. "Tottenxem" "CHelsi"ga qarshi muhim bahsni o'tkazdi, daniyalik esa chiroyli o'yin namoyish etdi, Eriksen tufayli o'yin surati o'zgardi va uning xatti-harakatlari evaziga uchrashuvda g'alabaga erishildi.

Agarda Eriksen yozda "Barselona" tarkibiga ko'chib o'tsa, Inestaning munosib vorisi bo'la oladi.

4. DAVID SILVA

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Grem Suness mavsum o'rtasida shunday fikrlarni bildirib o'tdi.

"Barcha de Bryuyne haqida gapiradi. Agarda u va Silvadan birini tanlash kerak bo'lsa, ispaniyalikning tanlovida to'xtalgan bo'lardim. U - APLning eng yaxshi yarim himoyachisi, u muhim bahslarda o'zini ko'rsata olyapti".

Silva "yopiq dirijyor" rolini o'ynadi va mavsum davomida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi. "SHaharliklar"ning o'yini Silva va de Bryuyne atrofida barpo etildi.

Ispaniyalikning eng katta plyus tomoni - aqlbovar qilmas barqarorlik. David keyingi yili 33 yoshni qarshi oladi. U jamoasining so'nggi yillarda etakchi futbolchisi bo'lib turibdi. David "Siti"da o'z tarixini yarata oldi.

3. DAVID DE XEA

"Manchester Yunayted" bu mavsumda barqarorlik namoyish eta olmagan bo'lsa-da, ayrim faktorlar evaziga ikkinchi o'rinni egalladi. "Yunayted"ning asosiy omadi - dahshatli darvozabon.

Bu mavsumda ispaniyalik posbon "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritdi, 18 uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Britaniya matbuotining hisoblashiga ko'ra, u yana 16 gol o'tkazib yuborishi kerak edi.

De Xeaning oldidagi himoya har doim ishonchli o'yin namoyish eta olmayapti. Jons, Smolling va Lindelof bir qancha vaziyatlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Agarda De Xea ishonchli harakat qilmaganida, MYU kuchli to'rlikdan tashqarida ko'rinish berardi. Balki "CHelsi" va "Arsenal" bilan birgalikda evrokuboklar uchun kurash olib borgan bo'lardi.

2. KEVIN DE BRYUYNE

Belgiyalik yarim himoyachi bu mavsumni alo darajada o'tkaza oldi. O'tgan mavsumda ham u yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, "CHelsi" bilan uchrashuvda qo'pol xatoga yo'l qo'ygandi. O'shanda "Siti" chempionlik uchun kurashayotgandi. Jamoa 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir vaqtda ikki metrdan darvozani aniq nishonga olishni uddalamagandi. Keyinchalik "CHelsi" 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

De Bryuyne Gvardiola qo'l ostida muhim futbolchiga aylandi. Silva bilan birgalikda u markazni o'z qo'llariga olishdi. Kevin ko'proq to'p uzatishlari va nostandart qarorlari orqali barchaning diqqatini tortmoqda. Kevin vaziyatlarda tezkor qarorlar chiqarib, vazifalarini tezroq bajara oladi. U bu mavsumda 8 gol urdi va 15 golga assistentlik qildi.

1. MUHAMMAD SALOH

Har doimgidek Saloh birinchi pog'onada. Bu mavsumda Muhammad APLdagi bir mavsumda eng ko'p gol kiritgan futbolchi bo'ldi. O'zi esa ligada fenomenal o'yin namoyish etdi. Evrokuboklarda esa 11 bora raqib darvozasini ishg'ol qildi. XXI asrda "Liverpul"ning birorta futbolchisi bunday natijaga erisha olmagan. Biroq Yan Rashning natijasiga etishi uchun yana 3ta gol urishi kerak. Ko'p gol urish borasida u Krishtianu Ronaldu va Alan SHirerni ortda qoldira oldi.

Uning oldida ECHL finali bor. Saloh "Oltin to'p"ni yutishi uchun finalda ham g'olib bo'lishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика