APL. "Chelsi" irodali durang qayd etdi, "Liverpul" "Vest Xem"dan ustun keldi, "Vulverxempton" - "Tottenxem" o'yinida esa oltita gol urildi
13 apr 19:57
Yangiliklar


APL. "Chelsi" irodali durang qayd etdi, "Liverpul" "Vest Xem"dan ustun keldi, "Vulverxempton" - "Tottenxem" o'yinida esa oltita gol urildi
APL 32-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Ipsvich Taun" birinchi bo'limda Xulio Ensiso va Ben Jonsonning gollari evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Ammo, ikkinchi taym boshida Aksel Tuanzebe o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. Jeydon Sanchoning 79-daqiqada urgan goli esa "aristokratlar"ga bir ochko taqdim etdi.
"Liverpul" 18-daqiqada Luis Diasning goli evaziga hisobni ochdi. 86-daqiqada Endryu Robertson avtogol muallifiga aylandi, ammo uch daqiqa o'tib Virjil van Deyk mersisaydliklarga g'alaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu o'yinda esa muxlislar oltita gol ko'rishdi. "Vulverxempton"ning to'rtta goliga "shporlar" ikkita to'p bilan javob qaytara olishdi xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Фулхэм 3-2
Ньюкасл 2-1
0-1 Ноттингем Форест
Бор йуғи 3_та мағлубият ЧЛ даги ПСЖ билан уйин пенальтилар сериясида ютқазилган уйиндаги хисоб тенг булган