So’nggi yangiliklar

23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  0 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  4 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  49 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  2 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  118 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  6 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  30 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  8 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5

APL. Keyn va Sonning gollari "Tottenxem"ga "Arsenal" ustidan ishonchli g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

APL. Keyn va Sonning gollari "Tottenxem"ga "Arsenal" ustidan ishonchli g'alabani taqdim etdi

Angliya Premer-ligasi 11-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

"Tottenxem" - "Arsenal" 2:0

Gollar: Son Xyon Min (13), Xarri Keyn (45+1)

"Tottenxem": Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore, Dayer, Xeyberg, Sissoko, Bergveyn, Lo CHelso, Son Xyon Min, Keyn.

"Arsenal": Leno, Gabriel, Xolding, Tirni, Belerin, Saka, Parti, Jaka, Villian, Obameyang, Lyakazett.


ANGLIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI

Tottenham Hotspur

Heung-Min Son - 13', Harry Kane - 45'

Premier League . 11-tur

06/12/2020, 21:30

0
:
2
Tugadi

Arsenal

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 2000 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
13'  Heung-Min Son
13'  Harry Kane
41'  Giovani Lo Celso
45'  Harry Kane
45'  Heung-Min Son
72'  Giovani Lo Celso (Ben Davies)
88'  Heung-Min Son (Lucas Moura)
90'  Steven Bergwijn (Joe Rodon)
45'  Thomas Partey (Daniel Ceballos)
75'  Granit Xhaka
75'  Hector Bellerin (Edward Nketiah)
80'  Alexandre Lacazette



O'YIN YAKUNLANDI

90+1. "Tottenxem"da o'zgarish: Bergveyn maydonni tark etdi, uning o'rniga Rodon tushirildi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam 3 daqiqa qo'shib berdi.

88. Mourinyu navbatdagi o'zgarishni amalga oshirdi: Lukas Moura o'yin qahramonlaridan biri bo'lgan Son Xyon Minni almashtirdi.

88. "Arsenal"dan yana bir urinish. Lyakazett jarima maydonchasi ostonasidan xavfsiz zarba berdi.

84. "Arsenal" bosimni kuchaytirmoqda, ammo "Tottenxem" hali ham himoyada ishonchli harakatlanmoqda.

80. Lyakazett Sonni yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

75. "Arsenal"da o'zgarish: Belerin maydonni tark etdi, uning o'rniga o'yinni Nketia davom ettiradi.

75. Jaka Songa nisbatan keskin o'ynadi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

73. "Arsenal" o'yinchisi Bukayo Sakaning burnidan qon ketdi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda. U o'zini yaxshi his qilmoqda va tezda maydonga qaytdi.

72. "Tottenxem"da o'zgarish: Ben Devis Lo CHelsoni almashtirdi.

68. Lyakazett boshi bilan Villianning pasida so'ng to'pni "shporlar" darvozasi tomon yo'lladi, ammo franciyalik posbon qiyinchilik bilan bo'lsa-da vaziyatni bartaraf etdi.

64. Ha, matnli translyaciyaga yozishga arzigulik xavfli vaziyatlar sodir etilmayapti. "Tottenxem" o'yinda ikkita gol urdi va raqibni o'z yarim maydonnida kutib olmoqda va qarshi hujumlarga urg'u bermoqda. "Arsenal"ning esa o'yini chiqmayapti.

60. "Qizillar" hisobni qisqartirish uchun faqat oldinga harakatlanishmoqda. Arteta jamoasining ushbu o'yinda yo'qotadigan narsa qolmadi.

55. "Tottenxem" himoyalanmoqda va to'pga egalik qilish foizi ham shunga monand: 35% - 65%.

49. Per-Emerik Obameyang qanotdan Tirnining uzatgan to'pini bosh bilan Loris darvozasi tomon zarba berdi, ammo noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.



BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+2. "Arsenal"da o'zgarish: Sebalos Partini almashtirdi.

45+1. GOOL! Bu safar "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn qarshi hujumdan so'ng "Arsenal" darvozasini ishg'ol qildi, Sondan assist

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

43. "Arsenal" jarima maydonchasi yaqinidan standartga ega bo'lgandi, ammo Lyakazettning zarbasi jonli devorga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

40. "Arsenal"ning hujumlari keskin ko'rinish olishni boshladi, ammo yaqqol golga tortadigan vaziyat sodir bo'lganicha yo'q.

35. Zarbalar bo'yicha statistika mezbonlar tarafida: 4 (2) - 2 (0).

30. Ha, o'yinning tempi yomonmas, ammo xavfli zarbalar kam bo'lmoqda.

23. Hozircha "to'pchilar" keskinlikni oshira olishmayapti. "Tottenxem" deyarli ideal o'yin ko'rsatmoqda.

18. "Arsenal" goldan so'ng tabiiyki hisobni tenglashtirish uchun pressing ko'proq uyushtirmoqda va oldinga o'tmoqda, "shporlar" esa hozircha tartibli o'ynashmoqda.

13. GOOOOOOOOL!!! Son Xyon Mindan fantastik gol. "Tottenxem" qarshi hujumga o'tib ketdi va koreyalik futbolchi uzoq masofadan Leno darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi. Germaniyalik darvozabon bu zarba oldida ojiz qoldi. 

11. Hozircha o'yinda aniq zarba berilmadi. Jamoalar himoyada ishonchli o'ynashmoqda.

6. Bu safar mehmonlardan Saka Loris darvozasi tomon zarba berdi, juda noaniq.

3. Ilk zarba "Tottenxem" o'yinchisi Dayer tomonidan berildi. Mezbonlar o'yinchisining jarimadan bergan zarbasi ancha noaniq ketdi.

1. O'yinga start berildi!


- Hayrli kech. Barchangizni APL 11-tur doirasidagi SHimoliy London derbisiga taklif qilib qolamiz va o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика