So’nggi yangiliklar

08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  0 07:56Гвардиола Ҳусановни жароҳат олганини тасдиқлади  2 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  26 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  8 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  21 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3

APL. Marsyaldan 3 assist, Brunu va Maktominidan 2+1, yirik hisobda yutgan MYU 3-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

APL. Marsyaldan 3 assist, Brunu va Maktominidan 2+1, yirik hisobda yutgan MYU 3-o'ringa ko'tarilib oldi

Angliya chempionati 14-turidan o'rin olgan “Old Trafford”dagi bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" – "Lids" 6:2

Gol: Maktomini (2, 1:0), Maktomini (3, 2:0), Fernandesh (20, 3:0), Lindelof (37, 4:0), Kuper (42, 4:1), Jeyms (66, 5:1), Fernandesh (70, 6:1), Dallas (74, 6:2).

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, SHou (Telles, 60), Lindelef, Jeyms, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 71), Maktomini, Marsyal, Reshford (Kavani, 71).

Lids – Mele, Eyling, Dallas, Kuper (Devis, 72), Klix (SHeklton, 46), Xarrison, Alioski, Fillips (Streyk, 46), Rafinya, Bemford, Rodrigo.

Ogohlantirish: Jeyms (52).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

90+1. Kavanining zarbasi sekinroq ketdi. Mele to'pni ushlab olishda qiynalmadi.

90. AJOYIB VAZIYAT!!! Xarrison chiroyli vaziyatdan gol ura olmadi. Bugungi o'yin menga juda ham yoqmoqda. Quvnoq o'yin bo'lmoqda.

87. ZARBAAAAA!! Fred raqibidan to'pni olib qo'ydi va Mele bilan birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

86. ZARBAAAAA!! Tellesning kuchli zarbasini Mele qaytardi!

84. DAXSHAT!! Bugungi o'yinda MYU 19, "Lids" 16 marta zarba berdi. Umumiy hisobda 35 zarbadan 8 gol! CHiroyli o'yin bo'lyapti azizlar.

80. ZARBAAAAA!!! Xarrison yaqin masofadan De Xea darvozasini nishonga oldi. Maguayr jamoani goldan qutqarib qoldi.

79. Maktominining zarbasi noaniq ketdi.

77. "Lids"ning ikki futbolchisi MYU jarima maydonchasi ichida yiqilib yotibdi. "Lids"ga qoyil, hisobning yirik bo'lishiga qaramay jamoa o'yinni tashlab qo'ymayapti.

74. GOOOOOOOLLLL!!! SUPERGOL!!! Dallasning golini tariflashga til ojiz!

73. MARSYAL!!! Nimalar qilyapsana?! U yana bir bor birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi.

70. GOOOOOOOLLLL!! Fernandesh penaltidan unumli foydalandi!

68. PENALTI! Marsyalni raqibi yiqitdi! MYU asosiy qurolidan foydalanmoqda!

66. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Skottining pasidan keyin Jeyms to'pni shunday to'xtatdiki, "Lids"ning barcha himoyachilari ortda qolib ketdi. SHu orqali Den darvozabonning "ochko"sidan gol urib, hisobni uyatsiz ko'rinishga keltirib qo'ydi)

65. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning kuchli zarbasi darvoza to'sini yoniga qarab ketayotgandi. De Xea to'pni qaytardi!

61. Marsyalning zarbasini raqib posboni qaytardi.

60. "Lids" ochiq futbol namoyish qilmoqda. Umuman olganda ikki tomonda ham vaziyatlar juda ko'p.

57. UXXXXXX!! Fernandeshning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

52. IEEE!! Jeyms tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va raqibi tomonidan yiqitildi. Aniqrog'i, Jeyms yiqilishni istadi. SHu sababdan unga sariq kartochka berildi.

50. ZARBAAAAAAAA!! Rafinya qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon tepdi. De Xeadan super seyv!

47. UXXXXXXX!!! Brununing pasidan keyin Marsyal yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Taym yakunlandi. Ikki tomon ham ochiq futbol namoyish qilmoqda. Ikkinchi bo'limda ham shunday bo'lishini istab qolamiz.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAA!! Takror va takror ko'radigan vaziyat bo'ldi o'ziyam. Markus bir raqibini 3-4 marta aldab, zarba berdi. Posbon o'z o'rnida.

44. ZARBAAAAAAA!! Reshfordning kuchli zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

42. GOOOOOOOOOOLLL!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Kuper boshi bilan zarba berib, hisobni biroz bo'lsa-da, qisqartirdi!

40. UXXXXXX!! Marsyal to'pni Maktominiga oshirdi. Skottining zarbasini posbon qaytardi. Bu erda Antoni offsaydda qolib ketgandi.

37. GOOOOOOOOOOLLLL!! SHouning burchakdan oshirgan to'piga Marsyal boshi bilan zarba berib, to'pni o'tkazib yubordi. Lindelof osonlik bilan gol urdi! Antonidan uchinchi assist!

34. DE XEAAAAAAAAA!!! Rafinyaning chiroyli zarbasidan keyin De Xea reakciya ko'rsatdi va to'pni qaytarib yubordi.

31. "Manchester Yunayted" burchak zarbasidan unum chiqara olmadi.

27. XAVFLI VAZIYAT!!! Dallas MYU jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va to'pni markazdagi Bemfordga oshirdi. Van-Bissaka vaziyat qahramoni!

25. Bemford yana bir bor boshi bilan bergan zarbasi orqali gol urmoqchi bo'ldi. Zarba noaniq ketdi.

20. GOOOOOOOOOLLLLL!! Fernandeshning kuchli zarbasini Mele qaytara olmadi! Portugaliyalikdan gol+assist!

19. GOL! YO'Q! Bemford hisobni qisqartirgandi. Biroq offsayd qayd etildi.

18. Brunu tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgan Jeymsga to'pni oshirgandi. Lekin Dallas to'pni egallab oldi.

14. UXXXXXXX!! Marsyal Reshford tomon chiroyli to'p uzatgandi. Kuper vaziyatni bartaraf etdi.

10. ZARBAAAAAAAA!! Reshfordning zarbasini himoyachi o'ziga qabul qildi.

8. UXXXXXXXX!!! Maktomini to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'pni raqibi olib qo'ydi va Bemfordga uzatdi. Bemfordning zarbasi noaniq ketdi.

7. "Lids" yana hujumga o'tdi. Bemford boshi bilan zarba berishda qiynaldi. De Xea to'pni ushlab oldi.

5. UXXXXXX!! Hisob qisqarishi mumkin edi. SHou to'pni chiqarib yuborishda biroz sekin harakat qildi. To'p raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

3. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Endi Marsyalning pasidan keyin Maktomini dublini rasmiylashtirmoqda!

2. GOOOOOOOOOLLLLL!! MYU o'yinni tezkor hujumlar bilan boshladi!!! Bosim Skott Maktominining goli bilan yakunlandi!! Brunudan navbatdagi assist!

1. BOSHLANDI! Bahsga start berildi!

- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatadi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика