So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  2 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  13 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

APL. "Manchester Yunayted" 90+3-daqiqada urgan goli orqali muhim o'yinda g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" 90+3-daqiqada urgan goli orqali muhim o'yinda g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 23-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Vest Xem 1:0

Gol: Reshford (90+3, 1:0).

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Telles, Fred, Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Grinvud, Elanga (Reshford, 62).

Vest Xem – Areolya, Coufal, Douson, Zuma, Kressuell, Lansini, Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Bouen.

Ogohlantirish: Maguayr (56), Rays (63).

Manchester United

Marcus Rashford - 90'

Premier League . 23-tur

22/01/2022, 20:00

0
:
1
Tugadi

West Ham United

Stadion: Old Trafford, 73130 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
56'  Harry Maguire
62'  Anthony Elanga (Marcus Rashford)
82'  Fred (Edinson Cavani)
82'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
90'  Marcus Rashford
90'  Edinson Cavani
63'  Declan Rice
70'  Vladimir Coufal (Ryan Fredericks)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" kuchli to'rtlikka qaytdi!

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!! RESHFORRRRDDDD!!! DAXSHATTTT!!! So'nggi daqiqalarda MYU g'alabani ilib ketdi!!!!

90+2. UXXXXXX!!! Marsyal ajoyib vaziyatdan gol ura olmadi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAA!! RONALDUUUU!! Uning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

87. "Vest Xem" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Souchekning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

82. Fernandesh raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bu vaziyatga penalti berilmasligi aniq)

78. UXXXXXXX!!! Antonio raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. De Xea to'pni ushlab oldi.

75. Endi Tellesning zarbasi noaniq ketdi.

72. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pini Ronaldu darvozaga yo'llash o'rniga Dousonga zarba berib yubordi.

69. Yana bir bor Ronaldu jarimadan oshirilgan to'pni qaytarib yubordi.

68. Maguayr o'z jarima maydonchasi yonida endi Bouenga qarshi fol ishlatdi. Jarima zarbasi.

65. Fernandeshning kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi.

61. UXXXXX!! Elanganing zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.

59. VARAAAANNNNN!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Rafa boshi bilan zarba yo'lladi. Ammo to'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

57. Lansinining jarimadan oshirgan to'pini Ronaldu qaytarib yubordi.

56. Maguayr o'z jarima maydonchasi yaqinida fol ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi.

54. ZARBAAAAAAAA!!! Burchakdan oshirilgan to'pni Bouen darvoza tomon yo'lladi. Kuchli zarba darvoza to'rining tashqi tomonidan tegdi.

52. UXXXXXXX!!!! "Vest Xem"da xavfli vaziyat. Souchekning pasidan keyin Lansini zarba berishiga Maguayr yo'l qo'ymadi.

50. ZARBAAAAAAA!!! FREEEDDDD!!! Uning kuchli zarbasini Areola qaytardi.

48. "Yunayted" xavfli vaziyat yaratdi. Elanga qanotda paydo bo'ldi va markazdagi Ronalduga oshirdi. Ammo Antoni offsaydda qolib ketgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"Vest Xem"ning hujumidan keyin tanaffusga xushtak chalindi.

43. EXXXXXX!!! "Yunayted"ning yana bir hujumi yo'q bo'ldi. Fernandeshning pasi darvozabon tomon ketib qoldi.

39. Dalot bir yo'la uch raqibini aldab o'tmoqchi bo'ldi. Ammo Zuma uning yo'lini yopa oldi.

36. UXXXXXXX!! Zuma o'z jarima maydonchasi ichida Ronalduni yiqitgandek ko'rindi. Ko'ramiz.

35. Dalotning qanotdan oshirgan to'piga hech kim etmadi. Areola to'pni darvozasidan o'yinga kiritdi.

27. Antonio hujumga o'tgandi. Telles to'pni olib qo'ydi.

23. Zarbalar bo'yicha hisob 5-1 (buni matnda yozish xato bo'larkan). Aniq zarbalar 0-0.

22. Endi Dalotning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

20. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Fernandeshning ajoyib to'p uzatishidan keyin Ronaldu boshi bilan darvozaga yo'llash uchun biroz kechikdi.

18. O'yin tempi yuqori emas. O'yin asosan markazda kechmoqda.

14. MYUning uzoq davom etgan hujumini Ronalduning zarbasi bilan yakunlandi. Uning zarbasiga Douson blok qo'yishga ulgurdi.

9. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

8. Fernandesh raqib jarima maydonchasi yonida yiqitildi. Jarima zarbasi.

4. UXXXXXX!!! GRINVUUUDDDDD!!! Ajoyib vaziyat ko'kka sovurildi. Grinvud pas berish o'rniga darvozaga zarba yo'lladi. Zuma to'pni qaytara oldi.

3. UXXXX!! Rays MYU jarima maydonchasi yonida to'pni raqibidan olib qo'yib, darvozaga zarba berdi. Varan qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda "Vest Xem" mehmon bo'lmoqda.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика