So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

APL. "Manchester Yunayted" – "Liverpul" (prevyu) Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" – "Liverpul" (prevyu)

Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadigan SHimoli-g'arbiy derbi oldidan muhim malumotlar bilan bo'lishamiz.

Musobaqadagi holat

"Manchester Yunayted" ketma-ket uch turdan beri g'alaba nimaligini bilmayapti, shu bois klub kuchli to'rtlikdan tushib qoldi. MYU 8 turdan keyin 6-o'rinni band etib turibdi – "Liverpul" bilan o'rtadagi farq 4 ochkoni tashkil qiladi.

"Liverpul" ikki jangovar durangdan so'ng ("Brentford" bilan 3:3, "Manchester Siti" bilan 2:2) mehmonda "Uotford"ni ayab o'tirmadi (5:0). Yurgen Klopp jamoasi "CHelsi"ni taqib qilishda davom etyapti. CHempionat etakchisi "aristokratlar" bilan oradagi farq – 4 ochko.

Ajralib turgan jihatlar

1. MYUda 3 ta asosiy o'yinchi safdan chiqqan

"Atalanta" ustidan qozonilgan g'alaba "Manchester Yunayted"ni nafaqat ruhiy jihatdan, balki jismonan toliqtirdi. Bir nechta o'yinchining organizmi bundan stressga dosh berolmadi. Ole Gunnar Sulsherning aytishicha, bir vaqtning o'zida uchta muhim ijrochi jarohat olgan, bu esa ularning "Liverpul"ga qarshi o'ynashiga to'sqinlik qilishi mumkin. Uch o'yinchi ichida Fred eng kichik yo'qotish hisoblanadi. Braziliyalik beqaror, vaqti-vaqti bilan katta xatolarga yo'l qo'yadi va asosiy tarkibda muqim o'rni yo'q.

2. Lingard va Sancho boshlang'ich tarkibda bo'ladimi?

Jessi Lingard – Brunu Fernandeshning asosiy o'rinbosari. Brunu Liga kubogi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi bahsni asosiyda boshlamadi, jamoa 4-3-3 sxemasida maydonda saf tortdi. Lingard unda hujumning o'ng chetidan joy oldi. Agar Fernandesh tiklanishga ulgurmasa, Sulsherda boshqa variant qolmaydi.

Xilma-xillik vinger poziciyasida ham kamayib bormoqda. Reshford bilan bog'liq vaziyat so'roq ostida, Marsmyal endigina qaytdi va uning hozirgi formasi haqida savollar bor. Demak, Grinvud va Sancho qoldi. Katta ehtimol bilan ikkinchisiga imkoniyat berilsa kerak, chunki u "Atalanta"ga qarshi atigi 20 daqiqa harakatlandi. Ammo unutmasligimiz kerak, "Manchester Yunayted"ning tarkibi so'nggi pallada o'zgarib qolishi mumkin, Balki Sulsher Pogbani qanot hujumiga o'tkazishga qaror qilishi mumkin.

3. MYU darvozasini daxlsiz saqlab qolish uchun hech qanday imkoniyatga ega emas

Ha, hech qanday. "Manchester Yunayted" joriy mavsumda 7 ta uy o'yinida qatnashib, har birida o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Hamma gol urdi – APLda autsayderlar "Lids" (1:5) va "Nyukasl" (1:4), Liga kubogida ("Vest Xem", 0:1) va CHempionlar ligasida ("Vilyarreal" bilan 2:1 va "Atalanta" bilan 3:2).

"Liverpul" ko'pincha "Old Trafford"da o'zini uydagidek his qiladi. Mehmonlar so'nggi 10 ta to'qnashuvning 8 tasida gol urishgan. "Liverpul" o'zaro o'yinlarning yarmida faqat bitta gol bilan cheklangan, biroq fakt shuki, mezbonlar doimo to'p o'tkazishgan. Ajablanarlisi, MYU oxirgi 2 uchrashuvda 6 ta gol o'tkazib yubordi.

1. "Liverpul" raqiblariga nisbatan shafqatsiz. Saloh fenomenal formada

"Liverpul" barcha musobaqalardagi so'nggi o'nta o'yinda 31 ta gol urdi. Yurgen Klopp shogirdlari oxirgi marta 3-turda "CHelsi"ga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etgan. SHundan so'ng "Milan", "Lids", "Norvich", "Kristal Pelas", "Atletiko" va "Brentford" 3 tadan gol qabul qilib olgan. Beshta to'p “Uotford” va “Portu” darvozasiga uchib kirdi. Faqat "Manchester Siti" "turib berdi" va faqat 2 ta gol o'tkazdi.

Muhammad Saloh joriy mavsumda 12 ta gol va 4 ta golli uzatmaga ega. Misrlik yaqinda "Liverpul" safida UEFA CHempionlar ligasidagi 31-golini urdi va bu borada klub rekordchisi bo'ldi. Saloh ushbu mavsumda jamoaning eng yaxshi to'purari – Firmino va Manening har birida 6 ta, Jotada esa 3 ta gol mavjud.

"Manchester Yunayted" ham Salohning harakatlaridan muntazam ravishda jabr chekadi. Misrlik sakkiz uchrashuvda to'rtta gol urgan. U maydonda bo'lgan paytda "Liverpul" atigi ikki marta yutqazgan – bir marta APLda, bir marta Angliya kubogida.  "Manchester Yunayted"ning himoyadagi muammolarini hisobga olsak, Saloh yana gol ursa kerak va "Liverpul" mag'lub bo'lmasa, hayron bo'lmang.

2. Himoya nomukammal – MYUda imkoniyat bo'ladimi?

"Liverpul" o'tgan mavsumda himoya chizig'i bobida yo'qotishlarga uchradi. Endi bu muammolar, ayniqsa, markaziy himoyachilar bilan muammo yo'q. Van Deyk va Matip sog'lom va muntazam ravishda asosiy tarkibda paydo bo'lishmoqda.

Aytish joiz, "qizillar" oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida gol o'tkazishmagan. Faqat juda kuchsiz "Uotford" (0:5) Yurgen Klopp jamoasiga gol urolmadi.

Ehtimoliy tarkiblar

"Manchester Yunayted": De Xea – Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou – Maktominey, Matich – Grinvud, Fernandesh, Pogba – Ronaldu

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Robertson – Xenderson, Fabino, Milner – Saloh, Firmino, Mane

APLdagi o'zaro o'yinlar statistikasi

Jamoalar umumiy 172 marta o'zaro ro'baro' kelishgan. SHulardan 66 tasida MYUning, 56 tasida esa "Liverpul"ning qo'li biland kelgan. 50 marta murosa ko'chasi tanlangan.  

Hakamlar brigadasi

Bosh hakam: Entoni Teylor

Yon chiziq hakamlari: Garri Besuik va Li Betts

To'rtinchi hakam: Mayk Din

VAR hakami: Styuart Attuell

VAR assistenti: Mark Perri 

O'ziga xos futbol bayrami bilan qutlagan holda, yoqimli tomosha tilayman.

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика