So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

APL. "Liverpul" "Kristal Pelas" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Kristal Pelas" maydonida g'alaba qozondi

Angliya chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

"Kristal Pelas" — "Liverpul" 1:3

Gol: 0:1 – 8 van Deyk, 0:2 – 32 Oksleyd-CHemberlen, 1:2 – 55 Eduar, 1:3 – 89, penalti Fabino.

Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, SHlupp, Xyuz (Ayyu, 77), Gallaxer, Olise, Eduar (Eze, 68), Mateta (Benteke, 77).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 90), Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabino, Djons, Oksleyd-CHemberlen (Minamino, 60), Firmino (Milner, 90), Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Gallaxer (49), Xyuz (61), Firmino (81), SHlupp (82), Uord (90).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul" qiyin o'tgan bahsda "Kristal Pelas"ni engdi va "Manchester Siti" bilan oradagi farqni qisqartirdi.

90+3. Uord raqibini turtib yuborgani uchun ogohlantirildi.

90+1. Trent o'rniga Jo Gomes maydonga tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Firmino o'rniga Milner maydonga tushdi.

89. To'p oldida Matip va gol!!! 1:3! Darvozabon bir tomonga, to'p boshqa tomonga yo'l oldi.

85. Jota nihoyat jarima maydonida yiqilish bilan ko'rinish berdi. Hakam esa VARga murojaat qildi hamda penalti belgiladi.

83. Uxxxx! Alisson Olisening zarbasini bir amallab qaytardi hamda darvoza ustuni bilan to'qnashishiga sal qoldi.

82. SHlupp men ham bebahra qolmay deya, hakam tomonidan sariq qog'oz bilan siylandi.

81. Firmino ogohlantirildi.

80. Benteke o'yindan tashqari holatda ekani malum bo'ldi.

78. Mezbonlarda o'zgarishlar: Xyuz o'rniga Jordan Ayyu, Mateta o'rniga Bentek o'yinga tushdi.

75. Olise oyog'i osmondan bo'lib yiqildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

72. Fabinoning zarbasini Guaita yotib olib ham ushlay olaman dedi.

70. ZARBA! SHlupp darvozaning yon tarafini nishonga oldi.

69. Maydon markazida ikki raqib o'rtasida avariya sodir bo'ldi, YPX (hakam) esa hammasi joyida ekanligiga ishora qildi.

67. Mezbonlarda o'zgarish: Eduar o'rniga Eberechi Eze o'yinga qo'shildi.

64. Mateta to'pga eta olganida birinchi gol scenariysini qayta guvohi bo'lishimiz mumkin edi.

60. "Liverpul"da o'zgarish: Minamino CHemberlen o'rniga maydonga tushdi.

57. Yana bir zarba! Andersenning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi golga aylanishiga santimetrlar etmadi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Hisob qisqardi! Qarshi hujum natijasida mezbonlarning ikki hujumchisi qochib ketdi hamda osonlik bilan Eduar raqib darvozasini ishg'ol qildi. Aytgandimu "Kristal Pelas" ikkinchi bo'limda butunlay boshqacha kayfiyatda qaytadi deb.53. ZARBA! Xendersonning aylanib olib, chap oyoqda yo'llagan zarbasiga bir oz aniqlik etishmadi.

50. Trent jarima zarbasini ijro etdi, himoyachilar to'pni qaytardi.

48. Alisseyv! Mezbonlarda yana bir ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Eduarning tovonida uch-to'rt metrlardan yo'llagan zarbasini braziliyalik posbon egallab oldi.

46. Uxx! Olise jarima maydoniga kirib borib, markazga to'pni uzatdi, biroq sheriklari to'pni darvoza tomon to'g'rilab qo'ya olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limdagi voqealar to'g'risida izoh qoldirishingiz mumkin.

Birinchi bo'lim yakunlandi! "Kristal Pelas" futbolchilari tanaffusda Patrik Vieyraning "shirinso'z"laridan bahramand bo'lib, maydonga boshqacha ruhda qaytishadi deb o'ylab qolamiz.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. Menimcha, etardi.

42. ZARBAAA... Eduar darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, uni aldab o'tdi va zarba berdi, ammo hikoya quvonch bilan yakunlanmadi.

39. Matipning qo'pol xatosidan so'ng Mishel Olise to'p kirita olmadi. Bunday imkoniyatlar ha deganda bo'lavermaydi.

36. Uxx! Gallaxer to'pni qabul qilib olishda hayajonlanib qoldi, aks holda juda-juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi.

35. "Kristal Pelas" raqibiga gol urishi uchun 21 kishi bo'lib to'p tepishi kerak hozirgi o'yin bilan.

34. Aleksander-Arnold ofsaydda qolib ketdi.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Robertsonning chap qanotdan mohirona uzatmasidan so'ng Oksleyd-CHemberlen ko'kragi bilan to'xtatib oldi hamda chap oyog'i bilan "paq" etib darvozaga joylab qo'ydi.

29. Mersisaydliklar kung-fu futbol o'ynashyaptimi nima, u qanotdan bu qanotga oshirishadi, mezbonlar esa og'izlarini ochib o'tirishibdi.

27. "Liverpul" hujumlarning aksar qismini chap qanotdan tashkillashtirmoqda, yana shu qanotdagi hujumdan so'ng burchak zarbasi ishlab olindi.

25. ZARBAAA! Ajoyib kombinaciyadan so'ng Fabinoning zarbasi kuchayib ketdi.

21.Uxx! Jan-Filipp Mateta gol urishiga ozgina qoldi. Uordning o'ng qanotdan bergan pasidan so'ng hujumchi zarba yo'lladi, Alisson jamoasi joniga oro kirdi. Boz ustiga, ofsayd qayd etildi.

20. Trent o'ng qanotga uzatilgan to'pni erga tushirmasdan markazga oshirgandi, ammo himoyachilar vaziyatni bartaraf etdi.

17. Eh, Eduar lapashanglik qildi, tayyor to'pni ma deb raqibiga berib qo'ydi.

14. Guaita o'z vaqtida to'pga chiqmagandi, "Liverpul" futbolchilari burchak bayroqchasi oldida raqs tushishayotgan bo'lishardi.

13. Van Deyk uzatmani o'ng oyoqda bajaravergani maqulligini oxirgi hujumda guvohi bo'ldik.

12. Uyg'on, Kristal! "Liverpul" futbolchisi tepdi, qaytarishdi, yana tepdi, qaytarishdi, yana bir marta zarba beraqoldi va sal qoldi...

10. UXX! Jonsning uzatmasiga Oksleyd-CHemberlen ulgurmadi, aks holda mezbonlar shok holatini boshidan o'tkazishgan bo'lardi.

8. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Burchakdan uzatmaga Van Deyk samolyot parvozi ila kelib, bosh bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

7. ZARBA! Jotaning zarbasi berishga oyog'i kaltalik qildi, himoyachilardan qaytgan to'pga Xenderson zarba berdi, Guaita o'z mahoratini namoyish etdi.

6. Mehmonlar burchak zarbasi ishlab oldi.

5. Robertsonning uzatmasi pasmi yoki zarbami, buni o'ziyam bilmay qoldi.

3. Gallaxerga hakam o'yin boshidanoq qo'pollik qilish yaxshilikka olib kelmasligini eslatib qo'ydi.

2. Mezbonlar o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi.

"Kristal"mi yoki asl marjonmiding, 

Alissonga gol urormay sarsonmiding.

Quvonchga to'l, Muhammad va Sadio yo'q,

Aks holda "qizillar"ga qurbon eding.

"Selxerst Park"da bugungi o'yinni Kevin Frend boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

"Liverpul" "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin o'tkazishni yaxshi ko'radi. Jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'rt o'yinda mersisaydliklar 16 gol urib, o'z darvozasidan birorta to'p o'tkazib yubormagan.

"Liverpul" afrikalik futbolchilarini o'z qitasiga yuborgan bo'lishiga qaramay, bu jamoaning natijalariga katta tasir qilmayapti. Mezbonlarda esa bir qarasang, hammasi risoladagidek tuyuladi, bir qarasang natija ag'dar-to'ntar bo'lib yotibdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli futbol guvohiga aylanamiz degan umiddaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика