So’nggi yangiliklar

21:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  2 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  2 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  6 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  13

APL. "CHelsi" chempionmi yoki yo'q? Prevyu Yangiliklar

APL. "CHelsi" chempionmi yoki yo'q? Prevyu

Bugun Angliya Premer-ligasi 37-tur bellashuvlariga start beriladi.

Turning dastlabki kunida muxlislar mamlakat chempioni nomini bilib olishlari mumkin. Quyida Angliyaning 2016-2017 yilgi mavsum chempionini aniqlab berishi mumkin bo'lgan o'yinga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 37-tur
"Vest Bromvich" – "CHelsi"

12.05.2017, 23:55
"Xautorns"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Bir qarashda bugun jahon futboli olamida sukunat hukm suradigandek tasavvur uyg'onadi. CHunki, Evropa milliy birinchiliklarida tur o'yinlari odatda dam olish kunlari bo'lib o'tadi. Lekin, bugun tunda aslo uxlab qolmang. Aks holda, dunyoning eng qiziqarli chempionati chempioni nomini boshqalardan kech bilasiz. Ha, bugun Londonning "CHelsi" jamoasi chempionlikni rasmiylashtirib qo'yishi mumkin. Buning uchun, Antonio Konte shogirdlaridan faqatgina safarda "Vest Bromvich"ni taslim etish talab etiladi.



"Vest Bromvich"ga ayni paytda o'z maydonida muxlislarini mamnun etishdan boshqa narsa kerak bo'lmasa kerak. Jamoa ayni paytda sakkizinchi pog'onada. Jamoa chempionatda oltita o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Ko'rsatilayotgan juda yomon natijalardan norozi kayfiyatda bo'lgan muxlislarni mavsum yakunida ovutish uchun bundan idealroq o'yin bo'lmaydi. Raqib chempionlikni hal qilmoqchi, sen esa ulardan ochko tortib olasan va chempionlik masalasi keyingi turga qoladi. Agar shu holat ro'y bersa, "Vest Bromvich" muxlislari futbolchilarni tinimsiz olqishlaydilar. Axir, bo'lajak chempionni oyog'idan ilib qolishni hamma ham eplolmaydi.

"CHelsi" uchun "Xautorns" stadioni omadli hisoblanmaydi. "Aristokratlar" ushbu o'yingohda oxirgi beshta APL o'yinidan faqat bittasini yutgan. Butun mavsum davomida chempionlarga hos o'yin namoyish etgan "CHelsi" hal qiluvchi bahsda o'zini yo'qotib qo'yishiga ishonish qiyin. Ayni paytda tarkibda muammolar yo'q. Qanot himoyachilarining hujumlarga faol qo'shilishlari etmagandek, Gari Keyxill standart vaziyatlarda jamoaning eng asosiy quroliga aylanadi. Markazda Kante himoyaviy harakatlarga javob bersa, Fabregas markazdan oldinga siljishda asosiy vosita bo'lishi mumkin. Pedro, Azar, Kosta hujum uchligi esa "Bromvich" himoyachilariga keragidan ortiq muammolar tug'dirib bera oladi.

Bugun Angliya chempioni nomini bilib olamizmi? Bu savolga tun yarmidan oqqanda javob olamiz. Agar "aristokratlar" g'alaba qozonishsa, 3 kundan keyin o'z maydonlarida "Uotford" jonli yo'lakcha hosil qiladi.



Taxminiy tarkiblar:

"Vest Bromvich":
Foster, Douson, Makoli, Evans, Nom, Yakob, Brant, Livermor, Fletcher, Makklin, Rondon.

"CHelsi": Kurtua, Aspilikueta, Luis, Kexill, Mozes, Fabregas, Kante, Alonso, Pedro, Azar, Kosta.

O'ynamaydi: Mett Fillips, Xall Robson-Kanu (ikkisi "Vest Bromvich")
So'roq ostida: Evans ("Vest Bromvich")



Qiziq:

- "Vest Bromvich" APLda "CHelsi"ga qarshi oxirgi 5ta uy o'yinidan uchtasida g'alaba qozongan. Lekin, "CHelsi" bugungi raqibiga qarshi barcha musobaqalarda so'nggi sakkizta bahsdan faqat bittasini boy bergan (4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- Bu jamoalarning Premer-ligada o'tkazgan o'yinlari (21ta)da nursiz durang (0:0) qayd etilmagan.
- Diego Kosta "Bromvich"ga qarshi oxirgi 5ta o'yindan uchtasida gol urgan;
- "CHelsi" bugun o'zining beshinchi APL chempionligini rasmiylashtirishi mumkin. Faqat, "Manchester Yunayted" Premer-ligada "ko'klar"dan ko'proq g'olib bo'lishgan (13 marta).



Murabbiylar fikrlari:

Toni Pyulis ("Vest Bromvich"):
"Bor imkoniyatlarimizning barchasini ishga solamiz. O'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. "Vest Bromvich" muxlislari oldida qarzdor, o'zimizning shaxsiy maqsadlarimiz bor".

Antonio Konte ("CHelsi"): "Bunday onlardan zavqlanish muhim. Faqat 3 ochko olish kerak va bosh sovrin bizniki".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика