So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  6 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

APL. Bugungi 2 ta o'yin uchun prevyu (+turnir jadvali) Yangiliklar

APL. Bugungi 2 ta o'yin uchun prevyu (+turnir jadvali)

Bugun, 19 iyundan APLda 30-tur bahslari start oladi.

Bugun 2 ta o'yin bor, shulardan biri tur markaziy bahs bo'lib, unda “Manchester Yunayted” Londonda “Tottenxem” mehmoni bo'ladi. 

Demak, quyida “Norvich” – “Sautgempton” va “Tottenxem” - “Manchester Yunayted” uchrashuvining o'yin oldi tafsilotlariga batafsil to'xtalamiz.

19.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Norvich” - “Sautgempton"

"Norvich" ishtirokidagi oxirgi ikki o'yinda bir xil 1:0 hisobi qayd etilgan. Birida "Lester"ni yutgan bo'lsa, ikkinchisida "SHeffild Yunayted"ga mag'lub bo'lgan. Jamoa turnir jadvalida eng oxirgi o'rinda bormoqda. 

"Sautgempton" restartdan oldingi so'nggi ikki o'yinda "Nyukasl" va "Vest Xem"ga yutqazgandi. Klub turnir jadvalida 14-pog'onaga joylashgan.

Tarkiblar bo'yicha

Himoyachi Sem Bayram va yarim himoyachi Onel Ernandes jarohat tufayli "kanareykalar"ga yordab bera olmaydi. 

Jamoa bosh murabbiyi Daniel Farke himoya markazida Ben Godfri-Grant Xenli juftligidan foydalanishi kutilmoqda. SHuningdek, yana bir himoyachi Timm Kloze jamoasiga yordam berishga tayyor holatda.    

Klub bitta hujumchi xizmatidan foydalanadi - bu finlyandiyalik Teemu Pukki.  

Mehmonlar yarim himoyachisi Mussa Jenepo qizil kartochka olgani bois bu o'yinda o'z jamoasiga naf keltira olmaydi.

Ralf Xazenxyuttl jamoasida Natan Redmond safga qaytgan va u chap qanot yarim himoyasida to'p tepadi. Qarama-qarshi qanotdan Styuart Armstrong joy olishi kutilyapti.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Norvich” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Sautgempton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

86 ta

29 (34%)

5:0

31 (36%)

4:0

26 (30%)


O'yinga oid faktlar:

- "Norvich"ning oxirgi 4 uy uchrashuvida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga).

- "Kanareykalar" oxirgi 5 uy o'yinidan faqat 1 tasida yutqazgan (Premer-liga).

- "Sautgempton" so'nggi 5 safar o'yinidan 3 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Norvich" (4-2-3-1): Krul - Eronz, Xenli, Godfri, Luis – Tetti, Makleyn – Buendia, Duda, Kantuell – Pukki

"Sautgempton" (4-4-2): Makkarti - Uoker-Piters, Stivens, Bednarek, Bertrand – Armstrong, Uord-Prouz, Xyoyberg, Redmond – Ingz, Long

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Bayram, Ernandes (“Norvich”) 

So'roq ostida: Xenli, Cimmerman (“Norvich”)

Norwich City

Premier League . 30-tur

19/06/2020, 23:00

3
:
0
Tugadi

Southampton

Danny Ings - 49', Stuart Armstrong - 54', Nathan Redmond - 79'

Stadion: Carrow Road, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Kevin Friend

45'
90'
62'  Todd Cantwell (Onel Hernandez)
62'  Tom Trybull (Mario Vrancic)
80'  Teemu Pukki (Ondrej Duda)
80'  Emiliano Buendia (Adam Idah)
89'  Josip Drmic (Josh Martin)
90'  Max Aarons
49'  Danny Ings
49'  Stuart Armstrong
54'  Stuart Armstrong
54'  Danny Ings
73'  Danny Ings
79'  Nathan Redmond
79'  Michael Obafemi
82'  Stuart Armstrong (Che Adams)
82'  Michael Obafemi (William Smallbone)
88'  Danny Ings (Nathan Tella)
89'  Nathan Redmond (Sofiane Boufal)
90'  Yan Valery (Kyle Walker-Peters)

20.06 00:15 (Toshkent vaqti) “Tottenxem” - “Manchester Yunayted"

"Tottenxem" o'ziga kelib olishi uchun tanaffus ozgina bo'lsa-da, foyda bo'lgan bo'lsa kerak, chunki jamoa restartdan oldingi barcha musobaqalarda oxirgi 6 o'yinda g'alaba nimaligini bilmagandi. CHempionlar Ligasi va Angliya Kubogidan chiqib ketgan "shporlar" endilikda bor etiborlarini APLga qaratishgan. Mourino shogirdlari turnir jadvalida 8-o'ringa joylashishgan. 

"Manchester Yunayted"da xushxabarlar yangrayapti. Reshford va Pogba safga qaytgan. Ular bugungi o'yinda qatnashishdan umidvor. MYU oxirgi 5 o'yinda engilmagan va turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

Tarkiblar bo'yicha

Dele Alli irqchilikka oid hazili uchun diskvalifikaciya qilingan va bugungi o'yinda qatnashmaydi. Joze Mourino 4-3-3 sxemasidan foydalanishi kutilmoqda.

Yoshlardan hujumchi Parrott va himoyachi Tanganga jarohatda bo'lsa, Son Xyon Min va Lo CHelsoning bugungi ishtiroki so'roq ostida turibdi.

Mourino juma oqshomida yarim himoya markazini Tangi Ndombelega ishonadi. 

Fil Jons - Sulsherning jarohat bilan bog'liq yagona muammosi. 

Murabbiylar shtabini eng xursand qiladigani, shubhasiz, Reshford va Pogbaning qaytishi. Reshford asosiy tarkibda tushishi, Pogba zaxirada qoldirilishi kutilmoqda. 

Fred  Matich yoki Maktominey bilan maydon markazida juftlik hosil qiladi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar


Jami o'yinlar soni

“Tottenxem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Man. YU” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

191 ta

51 (27%)

6:1

91 (47%)

5:0

49 (26%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Yunayted"ning oxirgi 6 mehmon o'yinida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga). 

- MYU "Tottenxem"ga qarshi so'nggi 3 uchrashuvda halaba qozongan (barcha musobaqalar).

- "Tottenxem" o'z uyidagi oxirgi 3 o'yinda raqiblar darvozasiga kamida 2 ta to'p kiritgan (Premer-liga). 

- MYU so'nggi 5 o'yinda mag'lub bo'lmagan (Premer-liga).    

Taxminiy tarkiblar

"Tottenxem" (4-3-3): Loris - Ore, Sanches, Alderveyreld, Devis - Sissoko, Uinks, Ndombele - Moura, Keyn, Son 

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou - Fred, Matich - Jeyms, Fernandesh, Reshford - Marsyal

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Parrott, Tanganga ("Tottenxem") 

So'roq ostida: Foyt, Lo CHelso, Son ("Tottenxem"), Tuanzebe, Jons ("Manchester Yunayted") 

Tottenham Hotspur

Steven Bergwijn - 27'

Premier League . 30-tur

20/06/2020, 01:15

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 81'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
27'  Steven Bergwijn
27'  Serge Aurier
70'  Steven Bergwijn (Giovani Lo Celso)
70'  Erik Lamela (Gedson Fernandes)
90'  Eric Dier
41'  Daniel James
62'  Daniel James (Mason Greenwood)
63'  Fred (Paul Pogba)
78'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
78'  Victor Nilsson Lindeloef (Nemanja Matic)
81'  Bruno Fernandes
89'  Scott McTominay (Eric Bailly)

Turnir jadvali


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика