APL. Azar umrida birinchi bor ketma-ket to'rt o'yinda gol urdi
05 noy 2016 23:40
Yangiliklar


APL. Azar umrida birinchi bor ketma-ket to'rt o'yinda gol urdi
CHelsi yarim himoyachisi Eden Azar APL 11-turidan o'rin olgan Evertonga qarshi o'yinda (3:0, tanaffus) hisobni ochdi.
SHu tariqa, 25 yoshli belgiyalik futbolchi o'z faoliyatida ilk bor APLda ketma-ket to'rtta uchrashuvda raqiblar darvozasiga to'p kiritishga erishdi. Bundan oldin Azar Sautgempton (2:0), MYU (4:0) va Lester (3:0) bilan bahslarda gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar