So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  13 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  154 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  11 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

APL. Unai Emeri "Aston Villa"dagi debyut o'yinida "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. Unai Emeri "Aston Villa"dagi debyut o'yinida "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatga uchratdi

"Aston Villa" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning 15-tur o'yini yakuniga etdi.

Aston Villa

Leon Bailey - 7', Lucas Digne - 11', Jacob Ramsey - 49'

Premier League . 15-tur

06/11/2022, 19:00

1
:
3
Tugadi

Manchester United

Jacob Ramsey - 45'

Stadion: Villa Park, 42058 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
7'  Leon Bailey
7'  Jacob Ramsey
11'  Lucas Digne
42'  Leon Bailey
49'  Jacob Ramsey
49'  Ollie Watkins
61'  Tyrone Mings
70'  Leon Bailey (John McGinn)
78'  Ollie Watkins (Boubacar Kamara)
79'  Emiliano Buendia (Danny Ings)
79'  Lucas Digne (Ashley Young)
88'  Emiliano Martinez
90'  Leander Dendoncker (Morgan Sanson)
10'  Luke Shaw
45'  Jacob Ramsey
61'  Cristiano Ronaldo
65'  Luke Shaw (Tyrell Malacia)
65'  Donny van de Beek (Anthony Martial)
65'  Alejandro Garnacho (Anthony Elanga)
72'  Diogo Dalot


"Aston Villa" – "Manchester Yunayted" 3:1

"Villa Park"

Gollar: 1:0 – 7 Beyli, 2:0 – 11 Din, 2:1 – 45, avtogol Remzi, 3:1 – 49 Remzi.

"Aston Villa" – Martines, Kesh, Mingz, Konsa, Din (Yang, 79), Dendonker (Sanson, 90), Buendia (Ingz, 79), Duglas Luis, Remzi, Uotkins (Kamara, 78), Beyli (Makginn, 70).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, SHou (Malasia, 65), Eriksen, Kazemiro, van de Bek (Marsyal, 65), Ronaldu, Reshford, Garnacho (Elanga, 65).

Ogohlantirishlar: SHou (10), Beyli (42), Ronaldu (61), Mingz (61), Diogu Dalot (72), Martines (88).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90' - Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85' - Marsyal jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga o'nglay olmadi va "Villa" darvozaboni to'pni ilib ketdi.

83' - Erik ten Xagga bu o'yin yoqmayapti, klub bosslariga esa natija. Qishda jamoada qanday o'zgarishlar bo'lar ekan.

76' - MYU hujumga katta etibor qaratmayapti, xuddi mag'lubiyatni tan olgandek harakat qilishmoqda.

67' - Ikkinchi qavatdagi to'p uchun kurashda Emiliano to'pni qaytarib yubordi, ammo u o'ng qo'li bilan Elangaga zarba berib yubordi. Qoida buzilmadi, ammo futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

66' - Malasiya, Marsyal va Elanga maydonga tushdi.

64' - MYU himoyachisi Martines to'p uchun kurashda raqibga qo'polroq o'ynaga ko'rinadi. "Aston Villa" futbolchisi qornini ushlab yotibdi.

60' - Krishtianu va "Aston Villa" himoyachisi kurash tushishni boshlashdi. Hakam Ronalduga sariq kartochka ko'rsatdi.

59' - MYU mag'lubiyatga uchrayapti, ammo zaxiradgi Antoni Marsyal yuzida tabassum.

51' - MYUning kambekiga ishonadiganlar bormi?

49' - GOOOOOOOL! REMSI! "Aston Villa"ning tezkor qarshi hujumi gol bian yakunlandi. Qanotdan erlatib uzatilgan to'pni orqaroqda kelayotgan Remsi MYU darvozasining to'qqizligiga joylab qo'ydi.

46' - Ikkinchi taym boshlandi. Bo'lim boshlanishi bilan Beyli raqib darvozasiga zarba berdi. Bu safar to'p De Xeaning qo'liga borib tushdi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.

TANAFFUS

45' - GOOOOOL! SHou hisobni qisqartirdi. Lyuk jamoasi hujumining ikkinchi to'lqinida uzoq masofadan darvozaga zarba berdi, to'p yo'l-yo'lakay "Villa" himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvozadan joy oldi.

42' - Krishtianu o'zi sevgan fintlari orqali raqibni dog'da qoldirishga urindi, biroq "Villa" himoyachisi bu fintlar nima bilan yakun topishini bilar ekan. To'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

36' - O'zgarish bo'ladi shekilli. Maguayr o'yin formasini kiyishni boshladi. Garri MYUni qutqaradimi?

34' - Zarbaaa... Garnacho raqiblarini chayqatib, darvozaga zarba berdi, Martines seyv ijro etdi.

33' - "Aston Villa" futbolchisi MYU jarima maydonchasi ichida yiqildi. Biroq hakam fol haqida ishora qilmadi. MYU foydasiga erkin zarba belgiladi.

22' - MYU xuddi dangasalar jamoasidek ko'rinyapti. Futbolchilar yugurishni xohlashmayapti, pressingdan darak yo'q. Grand jamoalar autsayderga qarshi shunday o'ynaydimi?

20' - Bir daqiqada amalga oshirilgan ikkita uzatma MYUga foyda bermadi. "Aston Villa" posboni darvozasini tashlab, ikkinchi qavatda hech kimga imkon qoldirmayapti.

18' - Garnachoning chap qanotdan uzatmasi darvozabon qo'liga borib tushdi.

14' - MYU ikkita goldan so'ng biroz "mandraj" bo'lyapti, jamoa o'ziga kelib olmaasa hisob yirik ko'rinishga keladi.

11' - GOOOOOOOL!!! Mana senga olam-olam gul! Lyuka Din jarima zarbasi orqali David De Xeaga salom yo'lladi. Ispanyalik posbon to'pni qaytara olmadi. 2:0!

10' - Standart vaziyat. Mezbonlar raqib jarima maydonchasi yonginasida yana bir gol urish uchun imkonyatga ega bo'lishdi.

8' - GOOOOL! "ASTON VILLA" HISOBNI OCHDI! Leon Beyli ilk daqiqalardan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchburchak uslubdagi paslardan so'ng Beyli jarima maydonchasiga yorib kirdi, yonida Martines yugurayotgan bo'lishiga qaramay chap oyog'i bilan zarba berdi va De Xeani mag'lub etdi.

2' - Ilk daqiqalardan MYU futbolchilari faollik ko'rsatishyapti, biroq bu faollik uzoq davom etarmikan?

1' - O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"Aston Villa": Martines, Kesh, Mingz, Konsa, Din, Dendonker, Buendia, Duglas Luis, Remzi, Uotkins, Beyli.

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, SHou, Eriksen, Kazemiro, van de Bek, Ronaldu, Reshford, Garnacho.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика