Anxel Lopes: "Nasaf" individual taraflama juda kuchli futbolchilardan iborat tarkibga ega"
23 avg 2022 21:37
Yangiliklar
Anxel Lopes: "Nasaf" individual taraflama juda kuchli futbolchilardan iborat tarkibga ega"
Coca Cola O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (1:2) bahsidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Futbolchilarimizning butun o'yin davomidagi harakatlaridan mamnunman. Ular oxirigacha kurashishdi. Borlarini berishganidan xursandman.
Raqib individual taraflama juda kuchli futbolchilardan iborat tarkibga ega. Ular bitta hujum orqali ikkinchi golni urib ketishdi. SHundan so'ng juda qiyin bo'ldi.
Ha, mag'lub bo'ldik, biroq raqobatbardosh jamoa sifatida ko'ringanimizdan, o'z o'yinimizni ko'rsatishga uringanimizdan qoniqish hosil qildim", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar