So’nggi yangiliklar

11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  0 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  1 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  1 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  1 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучлик амбицияга эга клуб сафида тўп суриш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  7 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  26 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  6 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0

Anvarjon G'ofurov:"Nasib qilsa, "Neftchi" kelasi yil chempion bo'ladi" Yangiliklar

Anvarjon G'ofurov:"Nasib qilsa, "Neftchi" kelasi yil chempion bo'ladi"

Tajribali ximoyachi Anvarjon G'ofurov mavsum yakulari bo'yicha "Neftchi" klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Anvarjon yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz?

-Avvalambor assalomu alaykum! Mavsum haqida gapiradigan bo'lsam, ushbu mavsum biz uchun o'tgan yilgidan ko'ra ancha qiziqarli o'tdi. Oldimizga katta maqsadlarni qo'yib, shu maqsadlar yo'lida kurashdik. Afsuski, kerakli o'yinlarda duranglarimiz ko'payib ketdi. Mavsumning so'nggi o'yinida ham medallarni qo'lga kiritish uchun imkon paydo bo'lgandi. Lekin bundan foydalana olmadik. Ishonamanki, kelasi mavsumda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda chempionlikni qo'lga kiritamiz. 

-Avvalgi mavsumlarda sizni markazda ham harakat qilganingizga guvoh bo'lganmiz. Hozirda markaziy himoyachi rolini ham alo darajada uddalayabsiz. Bularga sabab deb nimalarni ayta olasiz?

-To'g'ri aytasiz, oldingi mavsumlarda tayanch yarim himoya va markaziy yarim himoyachi sifatida to'p surganman. Vitaliy Grigorevich hozirda markaziy himoya chizig'idagi harakatlarimdan qoniqyapti. Qolaversa, o'zimga ham aynan ushbu poziciyada o'ynash qulay hisoblanadi. Lekin jamoamiz manfaati uchun har qanday poziciyada o'ynashga tayyorman.

-Jamoamiz safida yangi mavsumda ham to'p surasiz. SHartnomani imzolayotganda nimalarni hisobga oldingiz?

-SHartnomani uzaytirganimda jamoa o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yganidan  xursandman. Nasib qilsa chempionlikni yangi mavsumda qo'lga kiritamiz va shu maqsad yo'lida xudo xohlasa harakat qilamiz.

-Jamoamizning bu yilgi yutuqlariga asosiy sabab deb nimalarni ko'rsatgan bo'lardingiz?

-Asosiy sabablardan, "Neftchi" bitta oila bo'la oldi va  murabbiylarning barcha  ko'rsatmalarini to'g'ri bajara oldi, deb o'ylayman. Bundan tashqarida klub raxbariyati ham mavsum davomida bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashi va shu bilan birga muxlislar daldasi ham bizga katta yordam berdi, deb o'ylayman.

- Yakunlangan mavsumdagi eng esda qolarli uchrashuvlar haqida gapirsaniz

-Yakunlangan mavsumdagi eng esimda qolgan o'yinlardan biri bu "Nasaf" jamoasiga qarshi "Istiqlol" stadionidagi uchrashuvdir. SHu kuni o'yin o'ta shiddatli kechgan edi. Avval gol urib hisobni ochdik, keyin esa o'z darvozamizdan to'pni o'tkazib yubordik.So'nggi daqiqalardagi kiritgan golimiz esa jamoa uchun g'alabani taqdim etgandi. 

-Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

-Yangi mavsumga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan holda, o'tgan mavsumdagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.Maqsadimiz jiddiy. Xudo xohlasa chempionlik uchun kurash olib boramiz. SHuningdek, jamoamiz muxlislaridan yangi mavsumda ham bu yilgidek  qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lar edim. Ularning qizg'in qo'llab-quvvatlashlari orqali xudo xohlasa maqsadga erishamiz.

-O'tgan mavsumda sizga qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchi kim bo'ldi?

-Hamma jamoada o'ziga yarasha kuchli futbolchilar bor. Kimnidir alohida ko'rsatib bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика