Anvar G'ofurov CSKAga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
23 mar 2024 00:20
Yangiliklar
Anvar G'ofurov CSKAga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
"Bunyodkor" bugun CSKA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.
Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Anvar G'ofurov o'yin haqida fikr bildirdi.
"Qiziqarli o'yin. Yaxshi raqib. Bu uchrashuv bizga yaxshigina dars bo'ldi. Raqib to'p bilan tez harakat qildi. Birinchi taymda bizda biroz muammolar bo'ldi. Futbolchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonch birinchi bo'limda unchalik ham etarli emasdi. Tanaffusda shu masala bo'yicha suhbatlashdik. Natijada, ikkinchi bo'limda mazmunliroq o'yin ko'rsatdik. O'zbekistonlik muxlislar tashrifidan xursand bo'ldik. Ular bizga yordam va kuch berishdi. Katta rahmat. Kelasi o'yinlarda yanada yaxshiroq va mazmunliroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz, -deydi Anvar G'ofurov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar