So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  0 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

Anvar Berdiev: “G'alabaga hamma birdek hissa qo'shdi” Yangiliklar

Anvar Berdiev: “G'alabaga hamma birdek hissa qo'shdi”

“Andijon” – “So'g'diyona” (3:0) uchrashuvida ikkita golga assisentlik qilish bilan birga, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygan Anvar Berdiev bahsning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

SHu bois uchrashuvdan keyin tajribali hujumchini suhbatga tortdik.

- O'z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. SHu bois o'yinga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Tarkibda ham bugun bir qator o'zgarishlarga qo'l urildi. Hamma yigitlar hamjihatlikda o'ynadi. Bu juda muhim. CHunki futbol bu jamoaviy o'yin. Albatta, klubimiz rahbariyati va Andijon ahliga xursandchilik ulasha olganimizdan mamnunmiz.

- Ushbu qo'lga kiritilgan g'alabada barchaning hissasi bor degan bo'lardim. O'zim ikkita golga assisentlik qilib, bitta gol urdim. Bu bilan men maydonda o'z vazifamni bajardim. Urgan golimga kelsak, Otabek Valijonov ajoyib pas berdi. Har bir hujumchi maydonga chiqishdan oldin, gol urishni niyat qiladi. Jamoamga foyda keltirganimdan xursandman. Nasib qilsa kelgusi uchrashuvlarda ham o'z gollarim bilan “Andijon”ga yordam berishga xarakat qilaman.

- “So'g'diyona” jamoasining o'yini menga yoqdi. Yigitlarda g'alabaga tashnalik bor. Avvalgi yillardagiga nisbatan joriy mavsum yaxshi o'yin ko'rsatib kelishmoqda. Ularning kelgusi uchrashuvlarida omad tilayman.  

- Endi jamoamiz keyingi turda Qarshida “Nasaf” bilan o'ynaydi. Hech kimga sir bu klub mamlakatimizning etakchi jamoalaridandir. “Ajdarlar” hozircha  chempionatda mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Boz ustiga ular o'z uyida juda yaxshi o'ynaydi. Biroq shunday bo'lsada, oldindan taslim bo'lmoqchi emasmiz. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz ham bo'lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rib, imkon qadar safardan ochko bilan qaytishga urinamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика