Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi"
27 apr 21:40
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi"
"Bugun erta gol o'tkazib yubordik va futbolchilarimiz go'yoki charchab qolishgandek ko'rinishdi. Yagona o'yin taqdirini hal etdi. "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Anvar Berdiev bugungi uchrashuv haqida.
- "Шo'rtan"ga vaziyatlarni yaxshi yakunlay oladigan hujumchi etishmayotgandek...
- Biz o'z imkon darajamizdan kelib chiqib futbolchilarni taklif etdik. Futbolchilarimizga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayotgandek. Futbolchilarimiz hali yosh va keyingi uchrashuvlarda kamchiliklarni to'g'rilaymiz. Keyingi uchrashuvlarni G'uzorda o'tkazamiz.
- Jamoangiz bugun faqatgina qanotdan oshirilgan paslar orqali hujum qildi, raqib darvozaboni esa bunday paslarni osonlik bilan bartaraf etdi. Aynan mana shunday vaziyatda jamoaga lider etishmagandek tuyuldi...
- Vaqt kam qolgani uchun futbolchilarimiz shoshib qolishdi. Шaxsan men ham bunday futbol o'ynashga qarshiman. Ustiga-ustak yigitlar charchab qolishdi ham. Gapingiz to'g'ri, uzun paslar raqib darvozaboniga qulaylik yaratib berdi.
- Bugun "Paxtakor" omad evaziga g'alaba qozondi deb o'ylaysizmi?
- Omad ham kuchlilarga kulib boqadi. O'tgan turda "Paxtakor" eng kuchli jamoalardan biri "Neftchi"ni safarda yirik hisobda mag'lub etib keldi. Aytganimdek, futbolchilarimizga biroz ishonch etishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar