Anvar Berdiev: "Bugun jamoamiz o'ziga o'xshamadi"
10 okt 2023 23:48
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Bugun jamoamiz o'ziga o'xshamadi"
O'yin haqida
- "Aral" jamoasini bir ochko bilan tabriklayman. Bugun negadir jamoamiz o'ziga o'xshamadi. Futbolchi raqibning kuchini hisobga olgan xolda maydonga tushishi kerak. Ikkinchi bo'lim boshida o'zgarishlar qildik. Ikkinchi bo'lim davomida ham qator o'zgarishlarni amalga oshirdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning ham o'yini qovushmadi.
- Jamoa bugungi bilan qo'shib hisoblaganda 25 ta to'p o'tkazib yubordi. Himoya chizig'i haqida fikringiz qanday?
- Gol o'tkazmagan o'yinlarimiz ham bo'lgan. Himoya chizig'imiz vakillari o'zlariga ortiqcha ishongan xolda raqibning kuchini hisobga olishmayapti. Himoyachi 90 daqiqa yaxshi o'ynab, 91-daqiqada gol o'tkazib yuborsa, u ayblanaveradi.
- Tarkib va taktika bo'yicha xato qildim deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Birinchi bo'limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi bo'limda "Aral" jamoasi darvozamizga bir marta yaqinlashdi va gol urib ketdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar