Antuan Grizmann: “Barselona”ga rad javob berib bo'lmaydi deyishadi, ammo men...”
08 sen 2018 00:37
Yangiliklar
Antuan Grizmann: “Barselona”ga rad javob berib bo'lmaydi deyishadi, ammo men...”
“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann “Barselona”ga o'tmasdan, Madridda qolganiga afsusda emas.
Futbolchi Diego Simone jamoasida muvaffaqiyatga erishmoqchi.
“Barselona”ga “yo'q” deb javob berib bo'lmaydi, deyishadi. Ammo men ularning taklifini rad etdim. “Barselona” singari klublarning taklifini inkor etish judayam qiyin. Ammo menda “Atletiko”da barchasi joyida. Bu er mening uyim va bu jamoa bilan yirik muvafaqiyatlarga erishmoqchiman”, dedi Grizmann L’Equipe nashriga bergan intervyusida.
19 iyun kuni Grizmann “Atletiko” bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi. O'tgan mavsumda u madridliklar bilan Evropa ligasida g'olib chiqdi. Final bellashuvida u ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Yozda esa Franciya termasi safida Jahon chempionligiga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar