So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Antonio Konte: “Rahbariyat talabimizni bajarmasa ham yomon joyi yo'q” Yangiliklar

Antonio Konte: “Rahbariyat talabimizni bajarmasa ham yomon joyi yo'q”

“CHelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte “Stok Siti”ga (5:0) qarshi bahsdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz o'yinni ajoyib o'tkazdik. Uchrashuvni yaxshi boshladik va tezkor ikkita gol urdik. Jamoam yana gol o'tkazmadi. Biz yana va yana ishlashda davom etishimiz lozim. Sababi oldimizda “Arsenal”ga qarshi muhim bahs bor. Har bir g'alaba muhim, ammo bugun uch ochko olishimiz va g'alabali seriyani davom etitrishimiz lozim edi.

Bugungi o'yin bilan biz yilni muxlislar, futbolchilar va o'zim uchun alo darajada yakunladik. 

Barcha futbolchilarni yaxshi formada ushlab turish uchun rotaciya juda muhim. Oldinda yanvar oyininng zich taqvimi, fevraldan CHempionlar ligasiga start beriladi. SHu sabab menga har bir futbolchi muhim.

Ayni paytda chempionlik taqdiri bizning qo'limizda emas. Ochig'ini aytish kerak, “Manchester Siti” fantastik yurish qilmoqda. Bizning qo'limizdan keladigani har bir o'yinda g'alabaga erishish. Ko'ramiz, mavsum so'ngida nima bo'larkin...

Men rahbariyati bilan qishki transfer oynasi biln bog'liq holatlar bo'yicha gaplashib oldim. Ular mening istaklarimni bilishadi. Men murabbiyman, futbol maydonida nimalar ro'y berayotganiga javobgar shaxsman. Agar klub tarkibni kuchaytirishga yordam bersa bu yaxshi, hech qanday o'zgarish bo'lmasam ham yomon tarafi yo'q”, deydi Konte.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика