Antoni APLning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi
28 fev 23:20
Yangiliklar
Antoni APLning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi
"Betis"da ijara asosida o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni "Liverpul"ga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.
"Bu rost. "Liverpul"ga o'tishga, Muhammad Salohning o'rnini egallashga yaqin edim, shunday bo'lgan taqdirda faoliyatim qanday kechardi, hech kim bilmaydi. Yakunda "Manchester Yunayted"ni tanladim. U erda vaqtimni yaxshi o'tkazdim, qarorim to'g'ri bo'lgan deb hisoblayman.
Saloh - uzoq yillardan beri yuqori darajadagi o'yin ko'rsatayotgan aqlbovar qilmas futbolchi. U rostdan ham jamoa uchun kerakli inson. Biroq ayni damda uni eng zo'r futbolchi deyish qiyin, ammo "Oltin to'p"ni olish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi", - dedi Antoni.
Antoni 2022 yil yozida "Liverpul"ga o'tishi mumkin bo'lgandi. Biroq u 95 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga transfer qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar