So’nggi yangiliklar

17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  0 17:20ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  2 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  3 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0

Antiqahramon Keyn, liderligini ko'rsata boshlagan Bellingem, golini O'zbekiston bayrog'i fonida nishonlagan Jiru. Francuzlar JCH-2022da inglizlarni uyiga jo'natib yuborgan bahsni yodga olamiz Yangiliklar

Antiqahramon Keyn, liderligini ko'rsata boshlagan Bellingem, golini O'zbekiston bayrog'i fonida nishonlagan Jiru. Francuzlar JCH-2022da inglizlarni uyiga jo'natib yuborgan bahsni yodga olamiz

Inglizlar uchun JCH-2022dagi so'nggi o'yin biz uchun ham xuddi shunday ahamiyat kasb etgandi.

O'tgan yil Qatarda o'tkazilgan Jahon chempionati-2022da ishlash nasib qilgan edi. U erda musobaqadan oldin olingan beyjikdan tashqari har bir uchrashuvga alohida maxsus media chiptalar olish lozim edi. Bunda FIFA qator kriteriyalarga qarab media chiptalarni OAV vakillariga taqdim etgan. Avvalo maydonda o'zaro to'qnash keladigan ikki mamlakat OAVsi, ularga qo'shni bo'lgan mamlakat vakillari, qitadoshlari, FIFA rasmiy mediasi, dunyoning eng yirik OAVlari, har bir qita konfederaciyasi vakillari, JCH-2022da ishtirok etgan 32 mamlakat OAVsi va h. Biz oldindan chorak finaldan keyin uyga qaytishga qaror qilgandik. Sababi, chorak finalga hech bo'lmaganda Osiyoning biror terma jamoasi chiqa olmagan va yuqoridagi kriteriyalarni birortasi bilan biz yarim final va finalga media chipta ololmasdik. Bu borada omadimiz kelib qolishiga ishonishgina mumkin edi (imkoniyatimiz 1 foiz bo'lardi). SHu tariqa mundialning biz uchun oxirgi bellashuvi chorak finaldan o'rin olgan Angliya - Franciya uchrashuvi bo'lishi aniq edi va biz bellashuvga chipta oldik.


Uchrashuv "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Bu stadionga esa metro bormasdi. OAV uchun ajratilgan maxsus avtobus yoki taksida borishga to'g'ri kelardi. Oxirgi avtobusga ulgurmadik va taksi chaqirishga to'g'ri keldi. Afsuski, aynan o'sha kuni butun yo'l tiqilinch edi. Tirbandlikdan harakat tezligi juda past edi, shu sabab taksida ketguncha bir emas ikkita OAV uchun ajratilgan avtobusni ham quvib o'tishga ulgurdik (engil avtomobil kichikroq bo'lgani uchun tirbandlikdan avtobusdan ko'ra biroz tezroq yurib keta oladi). Taksi ham bizni stadionning jurnalistlar kirish uchun mo'ljallangan tomonida emas, narigi tarafga olib bordi. SHundoq ham kech qolib turganimizda shunisi etmay turgandi deb uyog'iga katta qadamlar bilan media kirishga shoshildik. Ikki katta terma jamoalar bahsi bo'lgani uchun muxlislar ko'p va ular orasidan o'tib borish ham biroz vaqt olardi. Va nihoyat yo'l-yo'lakay kichik sarguzashtlar bilan stadionga kirib bordim, o'yin esa allaqachon boshlanib ketgan edi. Tabiiyki, o'yin oldi rasmiy jarayonlarni va jamoaviy rasmlarni olishga ulgurmay qoldim.


Maydonda yulduzlar va men ularni rasmga olishga kirishdim. Ustunlik inglizlarda edi, kutilmaganda Orelen Tchuameni uzoq masofadan yo'llagan zarbasi bilan hisobni ochdi.

Odatda terma jamoada juda yaxshi o'ynab MYUda buni aksini ko'rsatishi sabab juda ko'p memlar va tanqidlar ostida qolib ketadigan Xarri Maguayr. SHuncha gap-so'zlarga qaramay Maguayr o'zini o'nglab oldi. MYU asosiy tarkibiga qaytdi va noyabr oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Mbappe o'sha kuni katta performans ko'rsatmagandi. Lekin, keyinroq finalda nimalar qilib tashlagani yodingizda bo'lsa kerak.


Xarri Keyn penaltidan hisobni tenglashtirgan vaziyat.


Ikki terma jamoaning eng tez yuguradigan o'yinchilari o'rtasidagi sprint (Angliyada balki Reshford Uokerdan tezroq yugurishi mumkin).


Bu yigitning o'yinlariga taxminan 3 yildan beri muxlisman. Nuqsonlari deyarli yo'q bo'lgan tayanch yarim himoyachisi.


Futbolda Devid Bekxemning o'yinlariga muxlis bo'lganimni yashirmayman. Beks men uchun futboldagi kumir bo'lgan. Uni bevosita o'z obektivimda rasmga olish ham nasib qilgandi o'sha kuni. Bekxemning o'ng tomonida Franciya tarkibida JCH-1998 va Evro-2000 g'olikligini qo'lga kiritgan Yuri Jorkaeff, sal nariroqda esa Jon Terri o'tiribdi.


O'zbekiston bayrog'iga etibor berdingizmi? Bu hali hammasi emas...


Jiru va Grizmann francuzlarning ikkinchi golini aynan bayrog'imiz fonida nishonlashgan edi.

Bu esa uchrashuv kulminaciyasi.


Inglizlar 1:2 hisobida yutqazayotganda terma jamoa sardori Xarri Keyn 84-daqiqada ikkinchi penaltini ko'kka sovurgan (to'pni yuqoriga tepgan) va umid uchqunlarini so'ndirgan.


Etibor bering Keynni urilmagan penaltidan keyin kim kelib yupatmoqda. O'sha paytda 19 yoshda bo'lgan Jud Bellingem. Inglizlarning ikkita o'yinida bevosita ishlash nasib qilgan va aytishim mumkin-ki, o'sha paytdayoq Jud terma jamoada Keyndan keyin etakchi va lider edi. O'yin bo'yicha ham, maydondagi xarakteri va gap-so'zlari bilan ham. Oradan bir yil o'tib Bellingem "Real"da ko'plab rekordlarni yangilamoqda, tinmay gollar urmoqda, necha marotaba "Qirollik klubi"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketmoqda. Jud hozirda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylangan.


Garet Sautgeyt men uchun tushunish qiyin bo'lgan qaysar murabbiylardan biri. Mundialda inglizlar safida Markus Reshford Bukayo Saka bilan birga to'purar bo'lgan (har ikkisida 3 tadan gol). Markus 3 gol uchun eng kam vaqt sarflagan. Lekin, Sautgeyt uni faqatgina 85-daqiqada zaxiradan tushirgan. Nega ertaroq emas? Reshford JCHdan keyin MYUga qaytib mavsum oxirigacha nimalar qilgani hammani yodida bo'lsa kerak.


Final xushtagi chalingan palladagi kadr. Quvonch va afsus bir rasmda.


Keynning ichidan o'shanda nimalar o'tganini faqat uning o'zigina biladi. Bu rasmni olish og'ir, uni uzoq vaqt tomosha qilish undan ham og'ir. Top darajadagi ikki futbolchi alam bilan...


Dide Desham va Teo Ernandes.


Alamli mag'lubiyatdan keyin futbolchilar ruxiyatini oila azolarigina chin manoda ko'tara olishi mumkin. To'g'risi, o'sha kuni o'yin yakunlanganidan keyin men ham ancha vaqt maydon chetida o'tirdim. Balki, bu JCH-2022dagi oxirgi o'yinim bo'lgani uchun ancha vaqt hayol surib o'tirdim. Stadionda muxlislar va OAV vakillari deyarli qolmagan paytda sekin ketishga tayyorlanayotganimda ingliz futbolchilari oila azolari yoniga chiqib kelishayotganiga ko'zim tushib qoldi va albatta bu lahzalarni o'tkazib yubora olmasdim.


Bugun kanalimda shu o'yinga roppa-rosa 1 yil bo'libdi deb post qo'ygandim. APL o'yinini ko'rib o'tirganimda birdan hayolimga nega shunday bahs va unda ishlaganimni "championat.asia" o'quvchilari bilan ham bo'lishmasligim kerak degan fikr keldi va ushbu maqolani sizlar uchun taqdim etdim.

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

Angliya - Franciya uchrashuvi biz uchun ham xuddi inglizlar kabi so'nggisi bo'lgandi. Biz ham futbol vatani vakillari singari uyga qaytgandik.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика