Antiqa holat: Franciyaning zaxirada qolgan futbolchilari "Spartak" yoshlari bilan o'ynaydi
17 iyu 2018 12:26
Yangiliklar
Antiqa holat: Franciyaning zaxirada qolgan futbolchilari "Spartak" yoshlari bilan o'ynaydi
Dide Deshamdan antiqa qaror.
"beIN Sports" xabariga ko'ra, Avstraliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan Franciya termasi futbolchilari "Spartak"ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasiga qarshi uchrashuvda qatnashadi. O'yin bugun tunda bo'lib o'tadi.
Avstraliyaga qarshi bahsda Franciyaning 9 yulduz futbolchilari: Stiv Mandanda va Alfons Areola, himoyachilar Odil Rami, Presnel Kimpembe, Benjamen Mendi va Jibril Sidibe, yarim himoyachilar Stiven N'Zonzi, Toma Lemar va Floryan Toven maydonga tushmagandi.
JCHning 2-turida Franciya 21 iyun kuni Peruga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar