Anrining fikricha, "Arsenal" yanvarda Ozil va Aleksisni sotishi kerak
30 dek 2017 15:07
Yangiliklar
Anrining fikricha, "Arsenal" yanvarda Ozil va Aleksisni sotishi kerak
"Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anrining fikricha, klub yanvardagi transfer oynasida yarim himoyachi Mesut Ozil va hujumchi Aleksis Sanchesni sotishi kerak.
"Klubning o'zi shunday vaziyatni yaratdi. Sanches va Ozil jamoaga etishmaydi, chunki ular yuqori darajali futbolchilar. Buning ustiga, "Arsenal" ularning ketgani uchun hech qancha pul olmaydi. Ozgina bo'lsa ham pul ishlab olish kerak, chunki ular baribir ketishadi. Ular hozirgacha yangi shartnoma imzolashmadi va mavsum oxirida bu ikki futbolchi erkin agentga aylanishadi. Bu ikki baravar jazo. O'z vaqtida "Arsenal"dan Robin van Persi va boshqa futbolchilar ketishgan. Biroq klub bu uchun pul olishgan, bu yigitlar esa tekinga ketishmoqchi" - deydi Anri.
Fikrlar