So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  6 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Angliyani Angliyaga kuzatib qo'ygan Laziz Mirzaev. "Odil Ahmedov FA"dan JCHgacha. Yangiliklar

Angliyani Angliyaga kuzatib qo'ygan Laziz Mirzaev. "Odil Ahmedov FA"dan JCHgacha.

Kecha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Indoneziyada davom etayotgan jahon chempionatida Angliya ustidan 2:1 hisobda g'alaba qozonib 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Xabaringiz bor, 2015 yildan beri o'zimga ikkinchi kasb sifatida bolalar futbolini tanlaganman. Bundan 8 yil avval, 2015 yilning dekabr oyida Toshkentda "Kelajak Yulduzlari" musobaqasini o'tkazdim. Unda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashdilar. Ular endi 9 yoshni qarshi olgandilar. 


Musobaqada bor yo'g'i 4 ta jamoa qatnashdi, «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Spartak» va «Paxtakor». Yosh lokochilar safida zalda harakat qilga Laziz Mirzaevni o'shandayoq payqaganman va musobaqa yakunida uning uchun maxsus rolik ishlattirdim. Buni qarang, 2019 yilga kelib bu bolakay 13 yoshida klubimizga keldi. Uni kelishiga sabab markaziy himoyachimiz Dilshod Abdullaevning otasi bo'ldi. Bolalar futbolida yo'q bo'lib qolgan Lazizni qidirib topadi. Keyin bilsak, o'sha yilning bahorida u futbolni tashlab yuborgan. Qahramon aka (Abdullaevning otasi) uni topib, murabbiyimiz Jahongir Usmonovga olib kelgan. Birinchi mashg'ulotning o'zida menga qo'ng'iroq bo'ldi, safarda edim.


- Alo!

- Alo!

- Qaerda yuribsiz, bitta shunaqa 2006 keldi, "tomiz" ketib qoladi.

- Qaerdan?

- Jamoasi yo'q, futbolni tashlab yuborgan ekan.


Qisqasi, avgust oyini oxirlari edi. Jamoamizning ro'yxatidan o'tkazdik. Ko'p o'tmay 2006 yillar o'rtasidagi Respublika chempionati bo'lib o'tishi kerak. Lazizni esa pasporti yo'q. Tavakkal, otasi shug'ullanadigan bo'ldi, chiqmagan taqdirda biz bilan aylanib keladi. Navoiyga ketdik. Birinchi turda Andijon terma jamoasiga qarshi o'ynashimiz kerak. O'yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganki, ammo pasport yo'q. Murabbiy Laziz Mirzaevni zaxiraga oldi. O'yin boshlanishi bilan otasidan qo'ng'iroq, - Alo, pasport tayyor, telegramdan rasmi ketdi, ertaga taksidan chiqarib yuboraman.


Suratda JCHda o'ynayotgan yana kimlarni ko'rdingiz? Kommentariyada yozib qoldiring.


SHu tariqa ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Laziz, turnir so'nggida (finalda Sirdaryoni 9:3 hisobda mag'lubiyatga uchratganmiz. Bu O'zbekiston tarixidagi rekord hisoblanadi) eng yaxshi futbolchi nominaciyasini qo'lga kiritgan. SHu-shu terma jamoa sardori. Bugun u Angliya darvozasiga jarima zarbasidan juda chiroyli gol urdi.


Aslida bu terma jamoadagi barcha bolalar men uchun qadrdon. Bugun o'zim bilan elkama-elka "Odil Ahmedov FA"ni yuqori cho'qqiga olib chiqqan bolalar bilan intervyu qilish baxtiga erishib turibman. Men uchun bu JCH avvalgilaridan ancha qadrli bo'ldi. Etibor qilgan bo'lsangiz, gol urib yig'lab yubordi. Bu golni u musobaqa boshidan beri kutayotgandi. Bugun buni uddaladi!


Demak, bu Laziz Mirzaev haqidagi kichik hikoya edi. Endi esa u bilan kichik intervyuni etiboringizga taqdim qilaman.


"Jahon chempionatigacha ancha yo'lni bosib keldik. Bu yo'llarda "Lokomotiv"da faoliyatimni boshlashimdan, "Odil Ahmedov FA" orqali shu holatga kelishimgacha 11 yil o'tibdi", - deydi Laziz Mirzaev. 



- Nihoyat gol urib bosimdan chiqib ketding, maza bo'lgan bo'lsa kerak? 

- Ha, nimasini aytasiz. Avvalo men birinchi o'ringa jamoaning g'alabasini qo'yaman. Bu jamoaviy o'yin, lekin oldi qatorda o'ynayotgan futbolchining vazifasi gol urish bo'lganligi uchun, biroz ishim yurishmayotganidan asabiylashayotgandim. Angliyaga qarshi o'yinda gol urib shu chuqurlikdan chiqib oldim. To'pni oldiga kelganimda, bu zarba ortida millionlab tomoshabinlarimiz va bayrog'imiz ko'z ostimga keldi. Buni tariflab bera olmayman, hammasi soniyalar ichida bo'ldi. 




- Jahon chempionatida o'ynash zo'r bo'lsa kerak?

- Nimasini aytasiz. Osiyo chempionatida kerakli natijaga erishganimizdan keyin shu kunni kutib yashadik. Birinchi o'yin juda qiyin o'tdi. Malini o'zingiz ham ko'rdingiz, yigitlari ancha tetik. Keyingi ikkita o'yinda iroda ko'rsatdik, murabbiylarning ko'rsatmasiga amal qildik. Kanada bilan o'yin juda muhim edi. U erdagi g'alaba Ispaniya bilan durangga poydevor bo'ldi.


- Endi Franciyaga qarshi o'ynaymiz, bunga nima deysan?

- Bizda bosim yo'q. Hamma o'yinga bir xilda tayyorlanamiz. CHunki JCHda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Angliya ham bunga ishonch hosil qilgan bo'lsa ajabmas. Biz chorak finalda o'ynaymiz. Hammamiz bu qanday o'yinligini yaxshi tushunamiz. Siz orqali, hammaga rahmat aytib qo'ygan holda, faqat muxlislarimiz uchun jonimizni berib maydonga tushishimizni aytaman. Rahmat yana bir bor.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика