Angliya liga kubogi. “CHelsi” “Everton”ni mag'lub etib chorak finalga yo'l oldi, “Tottenxem” kutilmaganda o'z uyida yutqazib qo'ydi
26 okt 2017 01:58
Yangiliklar
Angliya liga kubogi. “CHelsi” “Everton”ni mag'lub etib chorak finalga yo'l oldi, “Tottenxem” kutilmaganda o'z uyida yutqazib qo'ydi
“Stemford Brij”da kechgan uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida Antonio Ryudiger “CHelsi” safida debyut golini kiritishga erishdi. O'yinning oxirgi daqiqalarida Villian oradagi farqni ikkitaga oshirdi. So'nggi soniyalarda “Everton” Kalvert-Lyuinning zarbasidan keyin oradagi farqni qisqartirdi. Ammo evertonliklarga mag'lubiyatdan qutulish nasib etmadi.
Ushbu bosqichda “Tottenhem”ning kutilmaganda o'z uyida “Vest Xem”ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgani ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. Qizig'i shundaki, Keynsiz harakat qilgan mezbonlar birinchi bo'lim oxirlarida ikki to'p farqi bilan oldinga borishlariga qaramay, yakunda o'z darvozalaridan uchta gol o'tkazib yuborishgi majbur bo'lishdi.
Angliya Liga kubogi.
4-bosqich.
CHelsi – Everton 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:1:0 – 26 Ryudiger, 2:0 – 90 Villian, 2:1 – 90 Kelvert-Lyuin.
CHelsi – Kabalero, Dzappakosta, Keyxill, Kristensen, Kenedi, Villian, Drinkuoter (Fabregas, 62), Musonda (Pedro, 70), Ampadu, Ryudiger, Batshuayi (Morata, 85).
Everton –Pikford, Beyns, Djagelka, Kenni, Uilyams, Makkarti (Kelvert-Lyuin, 64), Devis, Lennon (Lukman, 73), Baningime, Miralyas, Runi (Nyasse, 81).
Ogohlantirish:Uilyams (28), Devis (50), Makkarti (52), Djagelka (61), Ryudiger (66).
Tottenxem – Vest Xem 2:3
Gollar: 1:0 – 6 Sissoko, 2:0 – 37 Alli, 2:1 – 55 Ayyu, 2:2 – 60 Ayyu, 2:3 – 70 Ogbonna.
Tottenxem – Vorm, Alderveyreld, Devis, Rouz (Eriksen, 81), Foyt, Alli, Sissoko, Dayer, Tripper, Lorente (Dembele, 72), Son Xyn Min (Nkudu, 83).
Vest Xem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Bayrem, Kuyate, Fernandesh (Obiang, 77), Rays, Lansini (Arnautovich, 88), Nobl, Ayyu, Kerroll.
Fikrlar