So’nggi yangiliklar

11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумот сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  1 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  0 10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  6 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  6 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  6 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  4 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  2 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  1 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0

Angliya kubogi. Bugun "Manchester Yunayted" final ostonasida "Tottenxem" bilan o'ynaydi (Prevyu) Yangiliklar

Angliya kubogi. Bugun "Manchester Yunayted" final ostonasida "Tottenxem" bilan o'ynaydi (Prevyu)

Bugun Angliya kubogi yarim finali doirasida "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mehmon qiladi.

"MANCHESTER YUNAYTED" - "TOTTENXEM"
Stadion: "Uembli", London.
Angliya kubogi. Yarim final.
SHanba, 21 aprel 2018 yil
Boshlanish vaqti - 17:15 BST (21:15 Toshkent vaqti).

TARKIBLAR HOLATI

"Manchester Yunayted"

"SHporlar"ga qarshi bahsni darvozabon Serxio Romero o'tkazib yuboradi, uning tizzasidan jarohati bor. Antonio Valensiya, Nemanya Matich va Romelu Lukaku "Yunayted"ning asosiy tarkibiga qaytishi kutilmoqda. Ular "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda zaxirada qolishgandi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Romero (tizza)
"Manchester Yunayted": De Xea, Pereyra, OXara, Valenciya, Darmian, SHou, Yang, Blind, Lindelof, Smolling, Jons, Roxo, Bayi, Matiya, Kerrik, Pogba, Fellayni, MakTominay, Errera, Mata, Lingard, Marsyal, Sanches, Reshford, Lukaku.

"Tottenxem"

"Brayton"ga qarshi uchrashuvda o'ynamagan Dele Alli safga qaytishi mumkin. Maurisio Pochettino darvozabon Ugo Lorisga dam berib, Mishel Vormga imkoniyat berishni o'ylamoqda.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Rouz, Uinks (ikkisi ham oyog'idan)
"Tottenxem": Loris, Vorm, Gazzaniga, Trippe, Ore, Alderveyrld, Vertongen, Sanchez, Devis, Dayer, Vanyama, Dembele, Eriksen, Sissoko, Alli, Son, Moura, Lamela, Lorente, Keyn.

JAMOALAR HOLATI

"Manchester Yunayted"
2-o'rin, 74 ochko (Premer liga).
So'nggi 5 uchrashuvi: G'-M-G'-G'-G'

"Yunayted" APLning qoldirilgan bahsida safarda "Bornmut"ni mag'lub etdi va ikkinchi o'rindagi o'rnini mustahkamlab oldi.

Angliya kubogida

"Manchester Yunayted" Angliya kubogini 12 bora qo'lga kiritgan. Bu boradagi eng yaxshi natija "Arsenal"ga (13) teng. So'nggi bora mankunianliklar Angliya kubogi finalida 2016 yilning mayida o'ynagan. O'shanda "Kristal Pelas" 2:1 hisobida mag'lub etilgan.

7 marta turnirning finalida mag'lub bo'lgan. Jamoa so'nggi bora 2007 yilda finalda "CHelsi"ga yutqazgan.

Joze Mourino Angliya kubogi doirasidagi so'nggi 17 uy uchrashuvining 15tasida g'alabaga erishgan.

"Qizil iblislar" uchun ushbu yarim final ("Arsenal" bilan birgalikda) rekord - 29chisi bo'ladi. O'tgan 28 finalda "Yunayted" 19 marta finalga chiqqan.

"Manchester Yunayted" so'nggi 3 mavsumda 2-marta Angliya kubogi yarim finaliga bordi. Jamoa ushbu turnirning oldingi uchrashuvlarida gol o'tkazib yubormadi va 10 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

MYU Angliyaning eng katta stadioni "Uembli"da 50 uchrashuv o'tkazgan. Unda 27 bora g'alabaga erishgan, 5 durang qayd etib, 18 marta yutqazgan.

"Yunayted"ning "Uembli"dagi eng yirik g'alabasi - 4:0.

MYU Angliya kubogining 3-bosqichida "Derbi Kaunti"ni 2:0, 4-bosqichda "Yovil Taun"ni 4:0, 5-bosqichda "Xaddersfild"ni 2:0 va chorak finalda "Brayton"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

"Tottenxem"
4-o'rin, 68 ochko (Premer liga)
So'nggi 5 uchrashuvi:
D-M-G'-G'-G'

"Tottenxem" APL doirasidagi so'nggi uchrashuvida "Brayton" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Jamoa 4-o'rinda ketmoqda.

Angliya kubogida

"Tottenxem" - Angliya kubogining 8 karra sohibi. "SHporlar" bu turnirni so'nggi bora 1991 yilda qo'lga kiritgan.

"Tottenxem" Angliya kubogi yarim finallarida ko'p o'ynagan bo'lsa-da, finalda yutish borasida "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dan ortda qolmoqda.

"SHporlar" bu mavsum Angliya kubogi doirasidagi 6 uchrashuvda barchadan ko'ra ko'proq gol kiritgan - 17 gol.

Pochettino jamoasi o'tgan mavsum Angliya kubogi yarim finalida "CHelsi"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Agarda jamoa bugun ham mag'lub bo'lsa, 1987/88 va 1988/89 yildan keyin ilk marta ketma ket ikki mavsum Angliya kubogi yarim finalida mag'lub bo'ladi.

"Tottenxem" Angliya kubogining 3-bosqichida "Uimbldon"ni 3:0, 4-bosqichda "Nyuport" bilan avvaliga 1:1 keyin 2:0, 5-bosqichda "Rochdeyl" bilan avvaliga 2:2 keyin 6:1 va chorak finalda "Suonsi"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

FUTBOLCHILAR HAQIDA

"Manchester Yunayted"
To'purar:
Romelu Lukaku - 27 gol (16tasi ligada)

Lukaku Angliya kubogi doirasidagi so'nggi 11 uchrashuvida 12 gol kiritdi. U faqatgina bir marta - "Everton" tarkibidaligida "Yunayted"ga qarshi uchrashuvda De Xea darvozasini ishg'ol eta olmagan. O'shanda belgiyalik futbolchi penaltidan gol urishni uddalamagandi.

Bu mavsumda Lukaku Angliya kubogi doirasida "Yunayted"ning barcha uchrashuvlarida gol urishni uddaladi.

Agarda u yana 3ta gol kiritadigan bo'lsa, "Uigan"dan Uill Grigg (7 gol) va "Rochdeyl"dan Yan Xendersondan (6 gol) o'tib ketadi va bir mavsumda ushbu turnirda eng ko'p gol kiritgan futbolchi bo'lib oladi.

Aleksis Sanches Angliya kubogi doirasida "Uembli"da o'tgan so'nggi 4 uchrashuvida 5 gol kiritgan.

"Tottenxem"
To'purar:
Xarri Keyn - 37 gol (25tasi Ligada)

Xarri Keyn bu mavsumda barcha turnirlarda 43 uchrashuvda qatnashib, 37 gol kiritdi.

Son Xen Min "Tottenxem"ning Angliya kubogidagi so'nggi 15 bahsida 14 golda qatnashdi (9 gol, 5 assistentlik). Bu esa so'nggi 3 mavsumdagi eng yaxshi natija.

Erik Lamela Angliya kubogidagi so'nggi 4 o'yinida 5 golda qatnashdi (2 gol, 3 assistentlik).

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 188 uchrashuv o'tkazishgan. "Manchester Yunayted" 88, "Tottenxem" 51 o'yinda g'alabaga erishgan. 49 bahsda durang qayd etilgan.

"SHporlar" "Yunayted"ga qarshi o'tgan so'nggi 6 uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan. Bugungi uchrashuvda rasman "Yunayted" mezbon bo'lsa-da, bahs "Uembli"da o'tadi.

Angliya kubogida

Ushbu turnirda tomonlar o'zaro 15 bora to'qnash kelishgan.Natijalarda tenglik, 5tadan g'alaba, 5 durang. 

Jamoalarning APLdagi o'zaro so'nggi o'yini:

"Tottenxem" 2-0 "Manchester Yunayted"
31 yanvar 2018 yil
Bosh hakam:
Andre Marriner
Gollar:
Eriksen 1, Jons 28 (avtogol).

Jamoalarning Angliya kubogidagi o'zaro so'nggi o'yini:

"Manchester Yunayted" 2-1 "Tottenxem"
4-raund
24 yanvar 2009 yil
Bosh hakam:
Piter Uolton.
Gollar: Pavlyuchenko 5 - Skoulz 35, Berbatov 36

HAKAMLAR BRIGADASI

Bosh hakam: Entoni Teylor.

U bu mavsumda barcha turnirlarda 34 uchrashuvni boshqardi va 119 bora sariq, 5 marta qizil kartochka ko'rsatdi.

Qanot hakamlari: Gari Besuik, Adam Nann.
Video assistentlar: Andre Marriner, Endi Xallidey.
Zaxiradagi hakam: Kevin Frend.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика