So’nggi yangiliklar

20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  74 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  1 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  13 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  18 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  10 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  72

Angliya kubogi. "Arsenal" dastlabki finalchi Yangiliklar

Angliya kubogi. "Arsenal" dastlabki finalchi

Angliya kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Reding" - "Arsenal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Reding – Arsenal  1:2 (0:1, 1:0, 0:1)
18 aprel, 21.20, Uembli
Gollar:
0:1 – 39 Sanches,  1:1 – 54 Makkliri,  1:2 – 105 Sanches.
Reding – Federichi, Pirs, Xektor, Ganter, CHaloba (Koks, 105), Makkliri, Obita, Robson-Kanu (Karadjan, 90), Uilyams, Mekki, Pogrebnyak (Ayegbeni, 111).
Arsenal – SHchensni, Debyushi, Koselni, Mertesaker (Gabriel, 63), Gibbs, Ozil, Koklen (Uolkott, 101), Sanches, Kasorla, Remzi, Uelbek (Jiru, 72).
Ogohlantirishlar: CHaloba (45), Gabriel (108).


                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                             
YANGILASH

Qo'shimcha vaqtlarda Aleksis Sanches gol urib "Arsenal"ni finalga olib chiqdi - 2:1.

O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan tugadi

90+2.
"Arsenal" jarima to'pi ishlab oldi, Kasorla to'pni oshirib berdi Jiru boshi bilan zarba berdi, Federichi o'z o'rnida

90.
Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shildi

90. O'zgarish. "Reding".
Robson Kanu o'rniga Jem Karachan tushdi

88.
Jiruda ham imkoniyat bo'ldi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

86. Pogrebnyak!
Raqib jarima maydoniga yaqinlashib borgan rossiyalik futbolchi zarba berishda no'noqlik qildi

84. DARVOZA USTUNI! REMZI! Darvozabonni ham aldab o'tgan Aaron darvozaga gol ura olmadi!

83. ZARBAAAAAAAAAAA! CHalobaAAAAA! Uning zarbasidan so'ng SHchensni to'pni qaytardi!

81.
"Reding" himoyachilari raqibning hujumlarini qaytarishda davom etishmoqda.

79.
Jiru jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

78. ZARBA! Ozilning zarbasi darvozaga aniq bormadi

77. ZARBA! Pogrebnyak jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi, kuchsiz zarba biroz noaniq ham ketdi

76.
Sanches va Jiru devor uslubida o'ynashdi, ammo Aleksisning to'p uzatishi kuchli chiqdi

74.
Mekki burchak to'pi ishlab oldi, burchak to'pidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi

73. ZARBAAAAAA! Ozil jarima to'pini amalga oshirdi, yana o'sha Gabriel boshi bilan zarba berishga muvaffaq bo'ldi, noaniq!

72. O'zgarish. "Arsenal".
Uelbek o'rniga Jiru tushdi

70.
Maydonga Olive Jiru tushishga tayyor

69. XAVFLI VAZIYAYAYAT! Ozil Burchak to'pini amalga oshirdi, Gabriel boshi bilan darvozaga zarba berdi, Federichi qoyilmaqom harakat qilib to'pni qaytardi!

67. ZARBAA! Uilyamsning zarbasi noaniq chiqdi, u jarima maydoni chizig'i ustidan zarba bergandi!

65. "Reding"ning hujumi! To'p jarima maydoni ichida Gabrielning qo'liga tegdi, hakamlar bu vaziyatga etibor qaratishmadi!

63. O'zgarish. "Arsenal".
Mertesaker o'rniga Gariel tushdi

60.
"Arsenal" hujum qilmoqda, lekin so'nggi to'p uzatishi xato bo'lmoqda. Venger chuqur o'yga botgan...

56. Xavfli vaziyat!
Obita chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, Koselni to'pni qaytarib yubordi, aks holda Pogrebnyak zarba berardi

54. Pogrebnyak jarima maydoni ichiga kirib borib to'pni sheriklariga uzatdi, Makkliri to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, SHchensni to'pni qaytardi, biroq to'p chiziqni kesib o'tib bo'lgandi - 1:1.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1. Makkliri

54.
Ikkinchi bo'limda hisobda ortda qolayotgan "Reding" ko'proq hujum qilmoqda

52.
Robson Kanu chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, anchagina noaniq to'p uzatish

48.
Kasorla jarima to'pini amalga oshirdi, Mertesaker baland sakrab to'pni elkasi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha "Reding" - "Arsenal" - 0:1

45+1. Ogohlantirish. "Reding".
Nataniel CHaloba

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi

44.
Ozilning uzatgan to'pidan so'ng Koselni boshi bilan zarba berdi, juda xavfli lekin noaniq.

43.
"Arsenal" taym so'nggida yana bir gol urmoqchi. Jamoa burchak to'pi ishlab oldi

40.
Uilyams Aleksis Sanchesning ortidan kelib turtib yubordi, hakam "Reding" futbolchisi bilan tushuntirish ishlarini olib bordi

38. Jarima maydoniga uzatib berilgan to'pni to'xtatib oldi va himoyachini dog'da qoldirib osongina darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. Sanches!

34.
Takidlash lozimki, o'yin surati pastroq. Xavfli hujumlar soni kam. Lekin to'p bir joyda turib qolyotgani yo'q

33.
To'p oldinga Uelbek tomon oshirildi, Dannidan oldin Federichi to'pga tezroq etib keldi

29.
"Reding" futbolchilari jismonan ancha kuchli ekanliklari ko'rinib turibdi, bir necha marta yakkakurashlarda ustun kelishmoqda

27. "Reding"dan javob hujumi...
Mekki zarba berdi, darvozabon qaytardi, keyingi vaziyatda gol urdi, ammo oldinroq u o'yindan tashqari holat qayd etilgan ekan

26. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayat! Sanches raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, Federichi jarima maydonini tark etib unga zarba berishga imkon bermadi!

25.
Debyushi o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sanches boshi bilan zarba berdi, kuchsiz zarbani darvozabon ushlab oldi

24.
"Reding" safida Robson Kanu ancha faol o'ynamoqda

21.
Kasorlaning zarbasi darvozadan o'rin olmadi, xavfli zarba edi.

17. ZARBA! Mesut Ozil jarima to'pini amalga oshirdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

15.
Ikkala jamoa ham hujumlar qilishda davom etishmoqda. Ikkala jamoa ham finalga chiqmoqchi

12.
Mezbonlardan yana bir xavfli hujum. CHalobaning zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.

10. ZARBA!
"Reding" burchak to'piga ega bo'ldi, Obitaning zarbasini SHchensni ushlab oldi.

9.
Bugungi o'yin "Uembli"da bo'lib o'tmoqda. Nominal mezbon "Reding", mehmon "Arsenal".

7. Xavfli vaziyat!
Burchak to'pidan so'ng Mertesaker boshi bilan darvozaga zarba berdi, Adam Federichi to'pni qaytardi!

6. ZARBA! Aleksis Sanchesning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

4. Xavfli vaziyat! Himoyadan uzatilgan to'pga Uelbek intildi, himoyachidan o'tib ketgan to'pni darvozabondan o'tkaza olmadi

3.
Remzi maydonda yotibdi, u Obita bilan to'qnashuvda ko'zidan shikastlangan ekan. Barchasi joyida o'yin davom etadi.

2.
Uelbek chap qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, Remzi to'pga eta olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!


- O'yin soat 21:20da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика