So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  95 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Angliya. Engilmas "Liverpul" bugun "Robin Gud" bilan o'ynaydi (prevyu) Yangiliklar

Angliya. Engilmas "Liverpul" bugun "Robin Gud" bilan o'ynaydi (prevyu)

Bugun APLning 23-turi doirasida "Liverpul" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

"LIVERPUL" - "MANCHESTER YUNAYTED"
Yakshanba, 19 yanvar 2020 yil
Premer-Liga, 23-tur.
"Enfild" stadioni, Liverpul.
Boshlanish vaqti: 16:30 (Manchester) – 21:30 (Toshkent).

TARKIBLAR HOLATI

"Liverpul"

"Yunayted"ga qarshi o'yinga to'pig'idan jarohatlangan Fabino hamda tizzasidan lat egan markaziy himoyachi Joel Matip safga qaytishi kerak. Biroq Jeyms Milner, Deyan Lovren va Nabi Keyta kabi futbolchilar jamoaga yordam bera olmasligi aniq.

Diskvalifikaciya: Yo'q.

Jarohatlangan: Keyta (mushaklar), Lovren, Milner (boldir), Klayn (tizza).

So'roq ostida: Matip (tizza), Fabino (to'piq).

"Manchester Yunayted"

Garchi hafta o'rtasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda jarohat olganiga qaramasdan "Yunayted" hujumchisi Markus Reshford uchrashuvda qatnashishni istamoqda, biroq jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher hujumchini o'yinga tushirmoqchi emas. SHuningdek, "bo'rilar"ga qarshi o'yinni jarohati sababli o'tkazib yuborgan Lyuk SHouning bahsda qatnashishi so'roq ostida bo'lib turibdi. Erik Bayi, Skott MakTomini va Pol Pogba hali ham lazaretda bo'lib turibdi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.

Jarohatlangan: MakTomini (tizza), Roxo (mushaklar), Pogba (to'pig'), Tuanzebe (boldir)

So'roq ostida: Reshford  (bel), SHou (tizzaosti soha).

JAMOALARNING HOLATI

"Liverpul"

Jamoaning so'nggi 5 o'yini: G'-G'-G'-G'-G'
1-o'rin, 61 ochko.

"Liveppul" APLning so'nggi 38 o'yinida mag'lubiyat nimaligini bilmadi. Bu turnir tarixidagi uchinchi eng uzoq seriya hisoblanadi. Bunga qadar "Arsenal" 49, "CHelsi" ketma-ket 40 o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmagan va bu seriya "Old Trafford"da aynan "Manchester Yunayted" tomonidan to'xtatilgandi.

"Liverpul"ning yig'gan 61 ochkosi Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi natija bo'lib turibdi. "Liverpul" APLning so'nggi 30 o'yinining 29tasida g'alabaga erishdi va faqatgina 2019 yilning oktyabr oyida "Manchester Yunayted" maydonida durang o'ynadi.

"Liverpul" "Enfild"da APLning ketma-ket 18 o'yinida g'alabaga erishdi. Ayni damda ular 1972 yilda o'zlari qo'ygan rekorddan 3taga kam natija qayd etishmoqda.

"Liverpul"ni boshqarayotgan Yurgen Klopp uchun eng noqulay jamoa aynan "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi. Uning jamoalari "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda 20 foiz g'alabaga erishgan holos (2 g'alaba, 6 durang, 2 mag'lubiyat)

"Manchester Yunayted"

Jamoaning so'nggi 5 o'yini: G'-G'-M-D-M
5-o'rin, 34 ochko

Ushbu mavsumda Sulsher jamoasi Liganing kuchli to'rt jamoasi - "CHelsi", "Lester", "Siti" va "Liverpul"ga mag'lub bo'lmadi. 

Biroq jamoa Mersisaydda o'tgan so'nggi 2 o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Mankunianliklar 1979 yilda ketma-ket 3 marta ushbu shahardan mag'lubiyatsiz qaytgandi.

"Qizil iblislar" 22 turdan keyin 34 ochko to'pladi. Bu jamoaning 1989-90 yildan beri qayd etayotgan eng yomon natijasi bo'lib turibdi. O'sha yili jamoa 24 ochko to'plagandi.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 203 o'yinda to'qnash kelishgan. "Liverpul"da 67, "Yunayted"da 80 g'alaba bor. 57 o'yin durang bilan yakunlangan.

"Liverpul" 1990 yildan beri ilk marta "Yunayted"ni o'z maydonida APL peshqadami sifatida qabul qilmoqda. O'shanda Kenni Dalglish jamoasi 4-0 hisobida g'alabaga erishgandi.

2013-14 yilgi mavsumda ikkala o'yinda ham yutqazganidan keyin "Yunayted" ketma-ket o'tkazilgan 11 o'yinning atigi bittasida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi.

"Yunayted"ning "Liverpul" maydonidagi so'nggi g'alabasi 2016 yilda qayd etilgan. O'shanda Ueyn Runining goli "iblislar"ga g'alaba keltirgandi.

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

"Manchester Yunayted" 1-1 "Liverpul"

20 oktyabr, 2019 yil

Hakamlar: Martin Atkinson.

Gollar: Reshford 36 - Lallana 85.

HAKAMLAR BRIGADASI:

Bosh hakam: Kreyg Pouson (Janubiy Yorkshir).

Ushbu mavsumda 11 o'yinda 46 sariq va 1 qizil kartochka ko'rsatdi.

Qanot hakamlari: Richard Uest, Skott Ledjer.

Zaxira hakami: Jonatan Moss.

VAR hakami: Pol Tirni.

Video-assistent yordamchisi: Endi Xallidey.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика