So’nggi yangiliklar

16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12

Andrey SHipilov: "Balki issiqda o'ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o'yin o'tkazdik" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Balki issiqda o'ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o'yin o'tkazdik"

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tanaffusdan keyingi o'yinlarda betartib o'ynayapmiz. O'tgan o'yinda birinchi bo'limda yaxshi o'ynab, ikkinchi bo'limda o'ynolmagandik. Bugun aksincha, birinchi bo'limda yaxshi o'ynolmagan bo'lsak, ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildik. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman. Futbolchilar xarakter ko'rsata olishmayapti. Jamoamizda etakchi yo'q".

"Oxirgi ikki o'yinimizdan keyin nimadir deyish qiyin, bu o'yinlar xuddi "egizaklar"ga o'xshaydi. Hozir hamma jamoalarga qiyin. Kimdir chiroyli o'yin ko'rsatadi, kimdir shunga intiladi, hamma harakat qilyapti, biroq oxirgi ikki o'yinimizni inobatga olsak, faqat bir bo'lim o'ynayapmiz. Balki issiqda o'ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o'yin o'tkazdik, havo ham zo'r, +28 gradus. 

SHiforkorimizga rahmat, futbolchilarning holati haqida qayg'urdi va o'yinchilarni yaxshi holatga keltirdi.

Ubaydullaevga nima bo'lyapti? Bilmayman, u oxirgi ikki o'yinda juda yomon o'ynadi. CHumak ham eng yomon o'yinlarini o'tkazgan bo'lsa kerak. 

"Qizilqum"ni g'alaba bilan tabriklayman.

O'yinchilarimiz milliy terma jamoadan chaqiruv olgach, o'z ustida ishlamay qo'ymoqda. Ular o'zlariga nisbatan tanqidiy yondashishlari lozim. Jamoada tartib bo'lishi, har bir kishi o'z ustida ishlashi kerak.

Biz ham chiroyli futbol ko'rsatishga astoydil harakat qilyapmiz. Faqat intizom bo'lishi shart.

Akbar Ismatullaev Tailandda ko'rikda bo'lib turibdi va hali yangi jamoa bilan rasman shartnoma imzolamagan. Aytishim mumkinki, u hozir "Metallurg" azosi. Agar o'tish amalga oshsa, rasmiy xabar beramiz, albatta", - deydi SHipilov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика