So’nggi yangiliklar

11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10

Andrey SHipilov: "O'zbekiston superklubidan ochko oldik" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "O'zbekiston superklubidan ochko oldik"

O'zbekiston superligasi 2-turi doirasida "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey SHipilov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi o'yinchisi Akbar Ismatullaev qatnashdi.

Andrey SHipilov: - "Avvalo bugungi o'yin tashkilotchilariga katta rahmat aytaman. Ular bugun yaxshi ishlashdi. Barchaga 5+ baho qo'yaman.

Birinchi bo'limda biz oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Tezkor gol o'tkazib yubordik, himoyada pala-partish o'ynadik. Keyinchalik o'zimizga keldik va kuchimizga kuch qo'shdik. Yashirmayman, natija men uchun kutilmagan bo'ldi. Albatta, bunga "Lokomotiv"dagi o'zgarishlar ham sabab. Biz O'zbekistonning superklubidan ochko olishga erishdik. Bu klub bilan boshqachasiga o'ynab bo'lmasdi.

"Lokomotiv" 3 kundan keyin yana bir muhim bahsni o'tkazadi. Biroq tarkibda bunday o'zgarishlar bo'lishini kutmagandim. SHunday bo'lsa ham yigitlarga raqibning qanday kuchga ega ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Ular barcha ishlarda tartibli o'ynashadi. Har bir poziciya uchun 2-3 nafardan juda tajribali futbolchilari bor"

Akbar Ismatullaev: - "O'yin qiziqarli bo'lishini bilardik. Endi ikkinchi o'yinni o'tkazdik. 80-90 foiz futbolchi jamoa tarkibiga yaqindagina kelib qo'shilgan. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga ochilib boramiz va shu orqali bekobodlik muxlislarimizni xursand eta olamiz.

Bilamiz, "Lokomotiv" jamoasi OCHLda o'ynamoqda, juda kuchli tarkibga ega. Biz ham qo'limizdan kelgancha o'ynab, natijani qo'lga kiritdik"

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика