So’nggi yangiliklar

23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  2 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21

Andrey Miklyaev: "Paxtakor" bizga muxlislik qilishi kutilmagan, lekin yoqimli holat" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Paxtakor" bizga muxlislik qilishi kutilmagan, lekin yoqimli holat"

O'zbekiston kubogi-2017 finalidan oldin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Mikyalev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ketma-ket ikkinchi yil finalda o'ynaymiz. Yurtimizga qish kirib keldi. Maydon xalal bermasligini istaymiz", - deydi Andrey Miklyaev.

"Mavsum ko'plab jamoalar uchun yakunlandi. Ammo ikki jamoani ertaga muhim o'yin kutib turibdi. Ertaga kim kuchli bo'lsa g'alaba qozonadi deb o'ylayman", - deydi Timur Kapadze.

- Ertaga ashaddiy raqibingiz "Paxtakor" sizlarga muxlislik qiladi. Bu yoqimlimi?
- Albatta yoqimli (kuladi). Bu kutilmagan va yoqimli holat.  

- Ertaga professional faoliyatingizdagi so'nggi uchrashuvni o'tkazasiz. Har bir futbolchi ishqibozlar to'la stadionda o'tkazgisi keladi, shu munosabat bilan muxlislarga aytar gapingiz bormi?
Timur Kapadze: - Barcha muxlislarga, murabbiylarga, futbolchilarga va jurnalistlarga rahmat aytaman. Ertaga mening xayrlashuv o'yinim emas avvalo final. SHu bois muxlislar finalni ko'rish uchun kelishadi. Aslida men faoliyatimni terma jamoa safida yakunlashni istagandim. Ammo vaziyat taqozosi bilan bu amalga oshmadi. Ertaga muxlislar ko'p kelishlarini xohlayman.  


- Sizni murabbiy sifatida ko'rishimiz mumkinmi?
Timur Kapadze: - Albatta, bu maqsadlarimdan biri. Murabbiylikka o'qib ishlashni rejalashtirib turibman.

- Ertaga "Bunyodkor"ga g'alaba ko'proq kerak. Sababi klub OCHLda o'ynamoqchi.  

- Buni raqib o'ylasin. Biz maydonga g'alaba uchun tushamiz. Maqsadimiz kubokni qo'lga kiritish.


- Xorijda o'qib qaytish rejada bormi?
Timur Kapadze: - Agar imkoniyat bo'lsa, albatta xorijda tahsil olib qaytishga harakat qilamiz.

- Penaltilar seriyasiga tayyorlandingizmi?
- Yo'q. Bunga tayyorlanmadik.



- Maydon holati erlatib o'ynashga imkon beradi deb o'ylaysizmi?
- Bu stadionda ko'plab o'yinlar o'tkazganmiz. Bu erda o'z ishining ustalari ishlashadi. SHunday ekan mashg'ulotda maydon holatiga to'la baho bera olamiz.

- Faoliyatingizdagi eng yodda qolgan holatlar haqida nimalar deya olasiz?
Timur Kapadze: - Eng esda qolarli o'yinim: Qatardagi Osiyo Kubogidagi barcha o'yinlar. Eng alamlisi esa Avstraliya bilan bahs. O'sha o'yinda biz g'alaba qozonishimiz lozim edi, kuchlar teng edi, ammo omadimiz kelmagandi. Eng yodda qolgan golim esa Toshkentda KXDR bilan o'tgan bahsda bosh bilan urgan golim.  

Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика