So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  4 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Andrey Fyodorov: "Muxlislar "Navbahor"ning 12-o'yinchisi bo'lishdi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Muxlislar "Navbahor"ning 12-o'yinchisi bo'lishdi"

Superliga 2-turida "Navbahor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida gapirish juda qiyin. Biz ko'zlangan rejalarni unchalik darajada bajara olmadik. Asosiysi, "Navbahor" bizga qarshi qanday o'yin ko'rsatishini bilgandik va shunga qarab tayyorgarlikni davom ettirdik. Ayrim pallalarda bizga sabr etmadi. Yigitlar o'yin biroz asabiy o'tishini, kontaktlarga boy bo'lishini bilishgandi. SHuningdek, o'yinda balans etishmadi. To'p bizga tushishi bilan tezda yo'qotyapmiz. Yo'qotilgan to'pni qaytarishda esa ko'plab kuch sarfladik. O'yin chiroyli bo'ldi. Muxlislar ham zerikib qolishmadi, ikki tomon ham maydonda borlarini berishdi. Bizga faqatgina sovuqqonlik etishmadi. Agarda birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Biroq bu futbol, urmadik, ikki gol qo'yib yubordik. O'z ustimizda ishlab, oldinga harakatlanishda davom etamiz.

- Nima deb o'ylaysiz, "Navbahor"ning g'alabasiga qanday omillar asosiy hissa qo'shdi va stadion atmosferasi haqida nima deya olasiz?
- Bugun muxlislar "Navbahor"ning 12-o'yinchisi bo'lib tura oldi. Futbolchilar ham buni his qilgan holda yuqori kuch bilan o'ynashdi. Agarda stadionlarimizda muxlislar shu tariqa ko'payishsa, futbol yanada jozibadorroq bo'ladi va futbolchilar ham katta ishtiyoq bilan maydonda harakatlanishadi. Menimcha, muxlislarning effekti "Navbahor"ga katta foyda berdi.

- "Lokomotiv"ning oldida qanday maqsadlar bor?
- Bizda maqsad hech qachon o'zgarmaydi. Oldimizdagi har bir o'yinda g'alabaga erishish. Biz mavsumning borishiga qarab ish qilamiz. Ammo hech qachon maqsadlarimiz o'zgarmaydi.

- "Lokomotiv" legionerlarining bugungi o'yinlariga qanday baho berasiz?
- Aynan kimlarnidir ajratib ko'rsata olmayman. Bazi pallalarda futbolchilar o'zlarining asablarini tiyib tura olishmadi. Kimlardir birinchi marta shunday tribunalar ostida futbol o'ynamoqda. Bu futbolchiga katta bosim beradi. Muxlislar esa haqiqatdan ham 12-o'yinchi bo'lishdi.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика