So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  2 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Andrey Fyodorov: "Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi"

Coca Cola Superligasi 4-turida "Metallurg"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yindan keyin tezda taxlil qilish qiyin. So'nggi yillar davomida "Metallurg"ga qarshi o'yinlar qiyinlashib ketmoqda. Bugun ham shunday bo'lishini kutgandik. Statistikaga etibor bersak, odatda birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'alabaga erishmoqda. "Metallurg"dan shunday o'yin kutgandik, chunki jamoa oxirgi paytlarda "Lokomotiv"ga qarshi katta kuch bilan o'ynamoqda. Bizda esa muammo shunday bo'lyaptiki, vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi. O'shanda o'yin boshqacha notada ketardi. SHuningdek, o'yinni o'zgartirish uchun bizda ijobiy hissiyotlar etishmadi.

Undan tashqari, hujumda agressivlik va kurashuvchanlik ham bizda unchalik o'xshamadi. Hozircha yoshlarning bunday o'yinlarda o'zini ko'rsatishi uchun mahorati etishmayapti. Yoshlar o'yindan o'yinga endi ular ham tajriba to'plab borishadi. SHuningdek, jamoa ham sekin-sekin yuqori jismoniy holatini tiklab oladi. "Lokomotiv" menga qadar ham shunday hujumkor o'yin ko'rsatgan va bundan keyin ham bu uslub o'zgarmaydi. Bunday o'ynash juda-juda qiyin. Biz o'z principlarimizda qolamiz. SHundan so'ng natija ham keladi. Buni ko'p kutmaymiz.

Uchta gol - "Lokomotiv" uchun juda ko'p. Bu g'alabada "Metallurg" posbonining o'rni juda katta. U bizning ko'plab zarbalarimizni qaytardi va gollardan asrab turdi.



Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика