So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  15 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Andrey Fyodorov: “G'alabaga haqli edik” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “G'alabaga haqli edik”

Oliy liga 7-tur doirasida Farg'onaning “Neftchi” hamda G'uzorning “SHo'rtan” (2:2) jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ochig'i, o'yinni yaxshi boshladik deb ayta olmayman. Oqibatda penaltidan gol o'tkazib yubordik. Biroq raqibning ushbu goli shogirdlarimni “uyg'ondi” va katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Ochig'i, xozir o'yin haqida batafsil gapirish qiyin. O'yindan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, biz g'alabaga loyiq edi. Agar vaziyatlardan foydalana olganimizda hisob yirik ko'rinish olishi ham mumkin edi. Bahs so'nggida gol o'tkazib, g'alabani boy berish alamlidir. O'yindan qoniqdim. Futbolchilarga rahmat aytaman. Ular maydonda borini berib mehnat qilishdi. So'nggi daqiqada butun jamoa bo'lib himoyaga yotib oldik. Oqibatda jarima maydonchamizda tartibsizlik yuzaga keldi. Bunday holarda kichik xato qimmatga tushadi.

- Hakamlik borasida nima deysiz?
- Hakamlarni muhokama qilishni yoqtirmayman. Biroq bugun ular bizning zararimizga 2 ta shubhali qaror qabul qilishdi. Birinchisi  raqib darvozaboni jarima maydonchasidan chiqib ketdi va havodan kelayotgan to'pni qo'li bilan qaytardi. Ikkinchisi hakam o'yinga 4 daqiqa vaqt qo'shdi. Biroq uchrashuv 5 daqiqa davom etdi. Hakamlar haqida chuqur fikr bildira olmayman. Bu mening ishim emas. Hakamlarning faoliyatini baholaydigan qo'mita bor,- deb fikrlarini yakunladi Fyodorov.  


“Neftchi” matbuot xizmati.
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика