So’nggi yangiliklar

13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  7

Andrey Demchenko: "So'nggi daqiqalarda gol o'tkazish... alam qiladi" Yangiliklar

Andrey Demchenko: "So'nggi daqiqalarda gol o'tkazish... alam qiladi"

Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Obod" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Demchenko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- So'nggi daqiqalarda mag'lubiyatga uchrash har doim yoqimsiz bo'lgan. Lekin bu futbol! Futbolda vaziyat har soniyada o'zgarib ketishi mumkin, shuning uchun ham bu o'yin barchaga yoqadi. Bugungi mag'lubiyatimiz haqida nima deyman? Bugun uch ochko qo'lga kiritishimiz uchun bizga hech kim halaqit bergani yo'q. SHunchaki, vaziyatlardan foydalana olmaslik, bu boradagi ko'rsatkichning juda pastligi hatto durangni ham ushlab qola olmasligimizga olib keldi. Vaholanki, "Olmaliq" darvozasini ishg'ol qilishimiz uchun bizda anchagina imkoniyat bo'ldi.

Futbolchilarim charchab qoldimi? Bu futbolda bo'lib turadigan holat. 90 daqiqa, bunday bosimdagi uchrashuvning oxirida o'yinchilarda charchoq bo'lishi tabiiy, kerak bo'lsa, mezbonlarda ham bu sezildi. SHunday bo'lsa-da, yigitlar g'alabani "yulib" olishga, Olmaliqdan uch ochko bilan qaytishga harakat qildi. Ammo foydalana olmadik. Aksincha, bittagina vaziyatda "koncentraciyani" yo'qotishimizdan mezbonlar bundan foydalanishdi.

Mezbonlar standart vaziyatlarga, qisqa va uzoq masofalarga to'p uzatishga asoslangan o'yin namoyish qilishini bilardik. Biz bunga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. O'ylaymanki, bir-ikki vaziyatni inobatga olmasa, aksar daqiqarda bu borada raqibga imkoniyat berganimiz yo'q.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика