Andrea Belotti "Roma"ni tark etib, A Seriyani boshqa jamoasiga o'tdi
26 iyu 01:18
Yangiliklar
Andrea Belotti "Roma"ni tark etib, A Seriyani boshqa jamoasiga o'tdi
Hujumchi Andrea Belotti "Komo" safiga qo'shildi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma ikki yillik muddatga tuzilgan.
Forvard "Roma"ga tegishli bo'lib, rimliklar transferdan 4,5 million evro ishlab olgan. Poytaxt klubi bonuslar ham olishi mumkin.
Belotti o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Fiorentina"da o'tkazdi. U avvalroq “Palermo” va “Torino” klublarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Sesk Fabregas boshchiligidagi “Komo” yangi mavsum “A” Seriyasida ishtirok etadi.
Fikrlar