Andijon klubi "ATV" mehmoni bo'ldi
12 mar 2014 19:59
Yangiliklar


Andijon klubi "ATV" mehmoni bo'ldi
Avval xabar berganimizdek, bugun "Andijon" teleradiokompaniyasida futbol mavsumi starti oldidan "Andijon" futbolchilari va muxlislar o'rtasida jonli muloqat bo'lib o'tdi.
Unda jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov. SHuningdek futbolchilardan Temur G'aniev, Aleksey Kasyan, Rasul Rahmonov, Mirzakamol Kamolov, Anvar Rajabov, Alisher Azizov, Viktor Raskov ishtirok etdi. Ko'rsatuv muallifi Ashurali Mamatov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi. So'ngra savol-javoblarga o'tildi. Bu borada Azamat Abduraimov, Anvar Rajabov, Alisher Azizov, Rasul Rahmonov, Aleksey Kasyan hamda Mirzakamol Kamolov muxlislar va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.
Tadbir 1 soatdan ziyod vaqtni o'z ichiga oldi. Ko'rsatuv so'nggida yosh xonanda Asilbek "Andijon" jamoasi haqida qo'shiq aytib barchaga futbol mavsumi oldidan quvonch ulashdi.
Tadbir 1 soatdan ziyod vaqtni o'z ichiga oldi. Ko'rsatuv so'nggida yosh xonanda Asilbek "Andijon" jamoasi haqida qo'shiq aytib barchaga futbol mavsumi oldidan quvonch ulashdi.

Fikrlar